"Stok Siti" ustozi koronavirusdan xalos bo'ldi

19 iyun 2020, 23:35
"Stok Siti" bosh murabbiyi Maykl O’Nilning koronavirus infekciyasidan to'la forig' bo'lgani haqida klub matbuot xizmati ma'lum qildi.

50 yoshli angliyalik mutaxassis shogirdlarini ertaga "Reding"ga qarshi bahsda o'zi maydonga boshlab tushadi.

Eslatib o'tamiz, O’Nilda kasallik alomatlari borligi 9 iyunda ma'lum bo'lgan, shundan so'ng u o'zini o'zini izolyaciya qilgandi.

O'xshash yangiliklar


Manba: sport24