"Stok Siti" darvozaboni klub rahbariyatini tanqid qildi
07 may 2018 18:59
Yangiliklar


"Stok Siti" darvozaboni klub rahbariyatini tanqid qildi
"Stok Siti" darvozaboni Jek Batlend "Kristal Pelas"ga qarshi bahsdan so'ng jamoaning Premer-ligani tark etgani haqida fikr bildirdi.
"Futbolchilarni xarid qilish tizimi islohotlarga muhtoj. So'nggi yillarda klub xatto asosiy tarkibga kira olmaydigan futbolchilarni xarid qilib tashladi, ularning orasida intizomsiz va yaxshi o'ynay olmaydiganlar ham bor. Bu muammolarni ko'rib chiqish kerak. To'g'ri, omadli transferlar ham bo'ldi, biroq bularning katta qismi hech qanday foyda bergani yo'q. So'nggi yillardagi katta moliyaviy investiciyalar samarasiz bo'ldi va buni hazm qilib bo'lmaydi.
Murabbiyimiz Pol Lambertga to'xtaladigan bo'lsam, u eng qiyin ishni bajardi. Ammo Lambert bizni ahil jamoaga aylantirdi va futbolchilar u uchun o'ynamoqchi. U jamoaga kerak bo'lgan inson deb o'ylayman" - deydi Batlend.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar