Stiven Jerrard: "Enfild"ga kelgan har qanday jamoani 90 daqiqalik azob kutmoqda"

Aslanov Jasurbek
16 sen 2014, 19:00
"Liverpul" yarim himoyachisi Stiven Jerrard "Enfild"ga keladigan mehmon jamoalar haqida o'z fikrlarini bildirdi.
– Ha, biz Chempionlar ligasi favoriti emasmiz. Ammo autsayder ham emasmiz. O'z maydonimizda har qanday raqibga qarshi ustunligimiz bor. Boshqalarda bunday imkoniyat yo'q. "Enfild"ga kelgan har bir jamoani 90 daqiqalik azob kutmoqda. Chempionlar ligasi – Yevropa klublar orasida eng muhim musobaqa, bu yerda uzoqroqqa bormoqchimiz, – deydi Jerrard "Daily Mail" nashriga.

Aslanov JasurbekMuallif
Manba: football.kulichki.net