Stiven Jerrard Fernando Torresning faoliyatini yakunlashiga izoh berdi
21 iyu 2019 18:35
Yangiliklar
Stiven Jerrard Fernando Torresning faoliyatini yakunlashiga izoh berdi
"Reynjers" bosh murabbiyi "Instagram" ijtimoiy tarmog'ida forvard Fernando Torres bilan tushgan rasmini qo'ydi.
Bugun Torres faoliyatini yakunlaganini elon qildi. Futbolchi "Liverpul"da 2007-2011 yillarda to'p surgan. Uning so'nggi klubi Yaponiyaning "Sagan Tosu" jamoasi bo'ldi.
"Rasmdagi tabassumimning o'zi aytib turganidek, menga sen bilan birga o'ynash juda ham yoqardi. Sen bilan birga kiyinish xonasida turganimdan xursandman. Fantastik o'yinchi va ajoyib inson. Kelajaging uchun hamma yaxshi niyatlarni tilayman!" - deb yozgan Jerrard.

Eslatib o'tamiz, Torres faoliyati davomida jami 706ta o'yinda maydonga tushib, 252ta gol va 73ta assistga erishgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Осиё чемпионига айланган U-17 терма жамоасининг 5 нафар футболчиси "Андижон"да!
Сергеев келажаги бўйича бир қарорга келди
Черан "Андижон" таклифини рад этди ва бошқа бир жамоага ўтмоқда
Манба: Абдуқодир Ҳусановни АПЛнинг бошқа топ-клуби 47 миллион фунтга сотиб олишга тайёр
Fikrlar