Stiv Bryus: "Uelbek "Xall Siti"da bo'lishi mumkin edi"
18 okt 2014 15:11
Yangiliklar


Stiv Bryus: "Uelbek "Xall Siti"da bo'lishi mumkin edi"
"Xall Siti" bosh murabbiyi Stiv Bryus yozgi transfer oynasida "Manchester Yunayted"dan Denni Uelbekni xarid qilmoqchi bo'lganini tan oldi.
Mutaxassis futbolchi bilan "Sanderlend"da birga ishlagan.
"U bilan birga ishlaganimizdan so'ng, Uelbek Angliyaning xar qanday jamoasida o'ynay olishiga ishongandim. U yuqori saviyali futbolchi. Biz yozda muloqot qildik. Men uning agentiga telefon qildim, ammo u top-klublar bilan muzokara o'tkazayotgan ekan. Menimcha, "Arsenal"dan tashqari "Tottenxem" va Evropaning kuchli jamoasi hujumchiga davogarlik qilayotgandi. Uelbekda tanlash imkoniyati bo'lgan. U "Sanderlend"da yaxshigina o'sishga erishdi, ammo negadir MYUga keraksiz bo'lib qoldi. Denni xar qanday jamoada o'ynab keta oladi. SHu sababli MYUning qaroridan hayron qoldim" - deydi murabbiy.

Fikrlar