

Mutaxassis futbolchi bilan "Sanderlend"da birga ishlagan.
"U bilan birga ishlaganimizdan so'ng, Uelbek Angliyaning xar qanday jamoasida o'ynay olishiga ishongandim. U yuqori saviyali futbolchi. Biz yozda muloqot qildik. Men uning agentiga telefon qildim, ammo u top-klublar bilan muzokara o'tkazayotgan ekan. Menimcha, "Arsenal"dan tashqari "Tottenxem" va Yevropaning kuchli jamoasi hujumchiga davogarlik qilayotgandi. Uelbekda tanlash imkoniyati bo'lgan. U "Sanderlend"da yaxshigina o'sishga erishdi, ammo negadir MYUga keraksiz bo'lib qoldi. Denni xar qanday jamoada o'ynab keta oladi. Shu sababli MYUning qaroridan hayron qoldim" - deydi murabbiy.



