Stiv Bryus "Nyukasl"dan qancha mablag' olgani malum bo'ldi
21 okt 2021 22:51
Yangiliklar
Stiv Bryus "Nyukasl"dan qancha mablag' olgani malum bo'ldi
Stiv Bryus "Nyukasl"dan istefoga chiqarilgani uchun qancha mablag' olgani malum bo'ldi.
60 yoshli mutaxassis klub bilan shartnomani muddatidan oldin bekor qilgani uchun 8 million funt oldi.
"Nyukasl"ning yangi xo'jayinlari klubni sotib olgach, Bryus bilan xayrlashmoqchi bo'lishdi va "Tottenxem"dan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng jamoadagi keskin muhit rahbariyatni zudlik bilan harakat qilishga undadi.
"Nyukasl" bosh murabbiyligiga davogar sifatida Paulu Fonseka, Roberto Martines, Lyusen Favr, Eddi Xau va Rudi Garsiya bo'lib turibdi.
Angliyalik mutaxassis jamoada 2019 yildan buyon ishlab kelayotgandi. Bu vaqt ichida jamoa APLda 12 va 13-o'rinlarni egalladi.
Saudiyaliklar klubni sotib olgach, mutaxassis faqat bitta o'yin o'tkazdi - "Tottenhem"ga qarshi mag'lubiyat. Bu uning murabbiy sifatida 1000-o'yini bo'ldi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
Суперлига. "Навбаҳор" сафарда "Пахтакор"ни мағлуб этди
Суперлига. "Нефтчи" "Андижон"ни йирик ҳисобда мағлуб этди, Искандеров ўйинни ҳал қилди
ЕЧЛ. "Барселона" меҳмонда "Ньюкасл" билан дуранг ўйнади
Fikrlar