Sterling yilning eng yaxshi sportchisi
07 apr 2019 23:00
Yangiliklar


Sterling yilning eng yaxshi sportchisi
"Manchester Siti" vingeri Rahim Sterling Britaniya etnik xilma-xilligiga bag'ishlangan marosimda 2018-yilning eng yaxshi sportchisi nomiga sazovor bo'ldi.
Rahim o'tgan mavsum APL chempioni bo'lib, liga Kubogi (Carabao Cup) sohibiga aylangandi. SHuningdek, 24 yoshli futbolchi Angliya terma jamoasi bilan JCH-2018ning yarim finaliga qadar etib borgandi.
Sterling joriy mavsum 42ta uchrashuvda maydonga tushib, 19ta gol va 10ta golli uzatmani o'z hisobiga yozib qo'ydi. Jamoadoshlari bilan liga kubogida ketma-ket ikkinchi marotaba zafar quchdi.
Avvalroq, angliyalik yarimhimoyachi "Brayton"ga qarshi o'tkazilgan Kubok (Emirates Cup) doirasidagi yarim final o'yini uchun 550ta chipta sotib olib, ularni o'zi tahsil olgan maktabdagi o'quvchi bolalarga taqdim qilgandi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar