Sterling maoshi oshirilishini istamoqda

Mirjalol Normatov
5 avg 2018, 12:57
Yarim himoyachi Rahim Sterling "Manchester Siti" rahbariyatiga maoshini ko'tarishini talab qilgan.

Futbolchi Kevin De Bryuyne va Serxio Aguero kabi maosh olishni istamoqda. "Mirror" xabariga ko'ra, u o'zini jamoaning yetakchisi va shuncha maoshga loyiq deb hisoblaydi.

Yuqoridagi futbolchilar haftasiga 300 ming funt maosh olishadi. Sterling esa haftasiga 220 ming maosh olmoqda. Uning jamoa bilan amaldagi shartnomasi 2020 yilda o'z yakuniga etadi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Mirror