Stefano Pioli: “Seltik”ka qarshi bahs yosh futbolchilarimiz uchun haqiqiy dars bo'ldi
04 dek 2020 09:06
Yangiliklar
Stefano Pioli: “Seltik”ka qarshi bahs yosh futbolchilarimiz uchun haqiqiy dars bo'ldi
“Milan” ustozi “Seltik”ka qarshi Evropa Ligasi 5-tur bahsidan so'ng (4:2) fikrlari bilan bo'lishdi.
“Umuman olganda o'yinni yaxshi boshladik, biroq ikkita xato qildik va o'z ishimizni o'zimiz qiyinlashtirdik. Bu yosh yigitlarimiz uchun yaxshi dars bo'ldi deb o'ylayman. Ular har bir to'p uzatishi muhim ekanligi va har qanday vaziyatda diqqatni yo'qotmaslik kerakligini tushunishi kerak. Guruh bosqichi yakuniga 1 tur qolganda pley-offga chiqqanimizdan mamnunman. Nafas rostlab olish uchun yaxshi imkoniyat. “Milan”da hozir yaxshi tarkib bor. Bizga biragalikda maqsadlarimiz yo'lida shunday ishlash yoqmoqda”, — deydi Pioli.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar