So’nggi yangiliklar

12:20"Нидерландияга қарши ЖЧ-1998 ярим финалида 32 кг га озганман"  0 12:00Бугунги ўйинлар: Каталония дербиси, "Селтик" — "Рейнжерс" ва бошқалар  0 11:50Тонали АПЛнинг топ клубига ўтиши мумкин  1 11:22Канселу "Барселона"га қайтмоқчи  2 10:22"Ювентус" "Атлетико" ҳужумчисига қизиқиш билдирмоқда  2 09:53"Фиорентина" "Тоттенхэм" футболчисини ижарага олди  0 09:24АПЛнинг мухлислар талқинига кўра йил рамзий термаси эълон қилинди  2 08:55Sofascore талқинига кўра топ-5 лигалардаги энг яхши футболчилардан тузилган рамзий жамоа эълон қилинди  2 08:26Роберто Карлос касалхонадан чиқди  0 07:59Sofascore. Шукуров ва Мозговой неча баҳога лойиқ кўрилди?  1 07:30Алижонов Эрон клуби билан келишувга эришди  11 02:40А Серия. "Милан" Сардинияда ғалабага эришди  3 01:23Роналду 5 ой деганда чемпионатда гол ура олмади  9 00:55"Интер" футболчиси "Ювентус"га ўтишни истамоқда  0 00:40Саудия Арабистони. Иккита қизил, 5та гол - "Ал Насср" мавсумда илк марта мағлуб бўлди  12

Stefan Cholovich: "Sovringa ega chiqish – har doim yoqimli" Yangiliklar

Stefan Cholovich: "Sovringa ega chiqish – har doim yoqimli"

O'zbekiston Superkubogidan o'rin olgan "Nasaf" – "Andijon" (1:0) uchrashuvidan so'ng "ajdarlar" futbolchisi Stefan Cholovich fikrlarini bildirdi.

"Juda qiyin va oson bo'lmagan uchrashuvni o'tkazdik. Sovringa ega chiqish – har doim yoqimli. Biz yaxshi o'yin namoyish etdik deb o'ylayman. Albatta, o'yinning boshlanishi va oxirida raqibga ustunlikni berib qo'ydik, lekin keyinchalik hisobda oldinga chiqishga muvaffaq bo'ldik.

"Andijon"ning qanday o'ynashi bizning uchun yangilik emas edi. Ularga qarshi o'yin qiyin kechishini bilardik. Juda yaxshi qarshilik ko'rsatishdi, maydonda faol harakat qilishdi, kichik paslar bilan o'ynashdi. Ular himoyada deyarli bo'sh zona qoldirishmadi.

Shu sababli g'alaba yanada qadrliroq. Men xursandman, bu O'zbekistonga kelganimdan buyon ikkinchi sovrinim.

Ha, o'yinda yomg'irli havo hukm surdi. Bu esa pasli kombinacion o'yin namoyish etuvchi jamoalar uchun muayyan murakkablik tug'diradi. Shunga qaramasdan, har ikki jamoa ham ishtiyoq bilan, katta zavq bilan to'p tepdi", – deydi Stefan Cholovich.

Abdulaziz Iskandarov suhbatlashdi

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика