So’nggi yangiliklar

01:55Роберт Левандовски: "2020 йил "Олтин тўп" топширилмаганини ҳеч тушунмайман"  1 01:24"FourFourTwo" ЕЧЛ финалларида урилган энг чиройли голлар рейтингини тузди  2 01:08Расман: Пеп Гвардиола "Манчестер Сити" билан шартномасини узайтирди  0 00:41Эрлинг Холанд: "Гвардиола энг яхши мураббий, балки тарихдаги энг зўридир"  0 00:14"Челси"нинг "биллур" футболчиси яна сафдан чиқди  0 23:43Нодир Абдураззоқов: "Энди мавсумни чиройли якунлашимиз ва оғзимиздаги ошни олдириб қўймаслигимиз керак"  5 23:19Хави "Интер Майами" бош мураббийи бўладими? Инсайдерлар маълумот беришди  0 22:49АПЛ клублари сўнгги 10 йилликда трансферлар учун қанча ишлатишди?  0 22:22"Ювентус"га "Челси" футболчиси керак  0 21:57Нико Уильямс болалигидаги кумирлари ким бўлганини айтди  11 21:34Максим Шацких: "Черан, Собирхўжаев борасидаги саволлар менга берилмасин. Бу мавзу ёпилган"  20 20:57Миржалол Қосимов: "Натижадан ҳам ўйиндан ҳам қониқдим"  3 20:36Суперлига. ОКМК "Жар"да "Пахтакор"ни мағлуб қилди  6 20:25"Пахтакор" кумуш медаллар учун курашдан чиқди  13 20:06Суперлига. ОКМК ВАР томонидан 13 дақиқа текширилган ҳамда япониялик футболчи томонидан урилган голлар эвазига 11 йилдан сўнг сафарда "Пахтакор"ни мағлуб этди  62

"Stanoevich borasidagi qarorimiz xato bo'lmadi, O'zbekiston terma jamoasida o'ynash faoliyatimning cho'qqisi bo'lardi, SHota Arveladze jamoani tark etdi, lekin...". Dragan CHeran bilan intervyu Yangiliklar

"Stanoevich borasidagi qarorimiz xato bo'lmadi, O'zbekiston terma jamoasida o'ynash faoliyatimning cho'qqisi bo'lardi, SHota Arveladze jamoani tark etdi, lekin...". Dragan CHeran bilan intervyu

O'zbekiston chempionatining yakunlangan mavsumidagi to'purari va "Paxtakor" jamoasi etakchisi Dragan CHeran saytimizga intervyu berdi.

Futbolchi bilan suhbat jarayonida o'zimizni qiziqtirgan savollarga javob oldik. Quyida Dragan CHeran bilan uyushtirilgan intervyuning to'liq qismini etiboringizga havola etamiz.

- Suhbatimizni odatdagidek mavsum haqidagi taassurotlaringiz va fikrlaringiz bilan boshlasak. Tabiiyki, siz va "Paxtakor" uchun sovrinlarga boy yil bo'ldi desak yanglishmagan bo'lamiz. Lekin har qanday yutuq ortida katta mashaqqat yotadi...

- Og'ir mavsum o'tkazdik. Yil davomida bir qator noqulayliklar yuzaga keldi. To'xtalishlar ko'p bo'ldi. SHu bois jamoamiz bor imkoniyatini ko'rsatishga biroz qiynaldi. Ha, chempionlik va kubokni qo'lga kiritdik. Buning uchun mavsum davomida katta mehnat qilindi, barcha borini berdi. 

- "Paxtakor" Superliga va O'zbekiston kubogida qiyinchiliksiz g'alaba qozongandek ko'rindi. Buning sababi esa jamoaga raqobatchining yo'qligidir...

- CHempionat saviyasi va darajasi yildan yilga ko'tarilib bormoqda. SHuning uchun sovrinlarni himoya qilish va qo'lga kiritish murakkablashib boraveradi. fikrimcha bu yilgi mavsum o'tgan yilgiga qaraganda qiyinroq o'tdi. 

- Ketma-ket ikkinchi yil Superligada to'purar bo'ldingiz...

- Ha, bu men va jamoam uchun ulkan yutuqdir. Futbol jamoaviy sport turi hisoblanadi, unda bir o'zingiz hech narsaga erisha olmaysiz. Agar jamoada ahil futbolchilar yig'ilgan bo'lsa natija va sifat ham yaxshi bo'ladi. 


- SHota Arveladzening ketishi "Paxtakor"ni kuchsizlantiradimi? 

- SHota Arveladze "Paxtakor" va o'zbek futbolida o'z o'rniga ega bo'ldi va o'zidan yaxshi nom qoldirdi. Uningsiz yangi mavsumni boshlashimiz biroz g'alati tuyulishi mumkin. Ammo, bu - futbol. Oldinga intilishda va yangi marralarni zabt etishda davom etishimiz darkor. 

- Gruziyalik murabbiy "Paxtakor" va bizning futbolga nima bera oldi? Uning klub uchun qilgan eng katta ishi nima bo'ldi?

- U klubga evropacha qarashlarini olib kirdi. Evropaliklarga xos bo'lgan munosabatni singdirdi. O'zining istagan hujumkor futbolini ajoyib tarzda yo'lga qo'ydi. CHunki, Arveladzening o'zi ham vaqtida kuchli hujumchi bo'lgan. Asosiy jamoada, klubda, akademiyadan tortib o'rinbosarlar jamoasiga qadar aniq tizmni o'rnatish hisobiga "Paxtakor"ning darajasini ko'tardi. Bu qolgan jamoalarga ham o'rnak va misol bo'lishi kerak deb o'ylayman. 

- Keyingi yil O'zbekistonga kelganingizga besh yil bo'ladi. Sizga fuqarolik va O'zbekiston milliy terma jamoasida o'ynash taklif qilinsa qanday qabul qilasiz?

- Ha, 2021 yil iyul oyida O'zbekistonga kelganimga roppa-rosa besh yil to'ladi. Agar O'zbekiston milliy terma jamoasidan taklif tushsa bu faoliyatimning cho'qqisi bo'lardi.

- "Paxtakor"ning OCHLdagi ishtiroki bu jamoaning haqiqiy darajasini anglatadimi?

- Biz CHempionlar Ligasida juda yaxshi ishtirok etdik. Barchasi biz o'ylagandek kechdi. Garchi turnir markazlashgan holatda o'tgan bo'lsada biz bor kuchimiz bilan mehnat qildik, mashg'ulotlarda astoydil ishladik va o'ylaymanki katta hajmdagi ishni bajardik. OCHLdag ishtirok orqali o'zbek futbolining Osiyodagi darajasini yanada ko'tarishga harakat qildik. 

- O'zbekiston milliy terma jamoasining JCH-2022 saralash bosqichidagi imkoniyatini qanday baholaysiz? To'g'ri, batafsil fikr bildirishingiz qiyin. Lekin, katta ehtimol bilan rasmiy uchrashuvlarda terma jamoamiz o'zagini "Paxtakor" futbolchilari tashkil qiladi. Ularning imkoniyatlari, nimalarga qodirligi sizga begona bo'lmagan holat hisoblanadi...

- Fikrimcha, O'zbekiston milliy terma jamoasida avlodlar almashinuvi jarayoni ro'y bermoqda. Muxlislar istayotgan darajaga va holatga kirib olish uchun esa malum vaqt zarur. Bunda biroz sabrliroq bo'lish talab etiladi. Yosh iqtidorli futbolchilarning salohiyati yuqori. Ular ko'plab katta uchrashuvlarda maydonga tushib tajriba orttirib borishmoqda. Bu esa vaqti kelib samarasini beradi. Men hal qiluvchi rasmiy o'yinlarda faqat ijobiy natija kutmoqdaman.

- Bilishimizga qaraganda bu yil "Nasaf"ning etakchilaridan biriga aylangan Marko Stanoevichni Ro'ziqul Berdievga siz tavsiya qilgan ekansiz. Nima deb o'ylaysiz bu qaror qay darajada o'zini oqladi.

- Ro'ziqul Berdiev bilan aloqalarim juda yaxshi. U men uchun buyuk murabbiy va ajoyib inson. Marko "Nasaf"ga foyda keltira olishini bilardim. Albatta uning natijalaridan xursandman. Marko Stanoevich yaxshi saviyadagi futbolchi ekanligini o'yinlari bilan ko'rsatdi. Yakunda qarorimiz xato bo'lmadi. 

- Yaqin yillarda o'zbekistonlik muxlislar sizni "Paxtakor"da ko'rishadimi yoki boshqa chempionatlardan takliflar bormi?

- "Paxtakor" bilan yana bir yillik shartnomam bor. Nasib qilsa keyingi mavsumda yana uchrashamiz. Fursatdan foydalanib muxlislarni yaqinlashayotgan bayram bilan tabriklayman. Ularga sog'lik va salomatlik tilayman. O'zingizni va yaqinlaringizni asrang va jamoamizga muxlislik qilishda davom eting.

Abdulaziz Iskandarov suhbatlashdi

Reyting: +30   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика