So’nggi yangiliklar

17:49Кристофер Нкунку муҳим ўйинларда етарлича ўйин амалиётига эга бўлмагани туфайли "Челси"дан кетмоқчи  0 17:25Харри Кейн "Тоттенхэм"га қарши курашади  0 17:00"Ливерпуль" "Бавария" шартнома имзоламоқчи бўлган немисни илиб кетишга яқин  2 16:39Месси Аргентинанинг июнь ойидаги ўйинлари учун таркибга киритилди  2 16:06"Милан" ҳимоячиси "Реал"га ўз хизматларини таклиф қилди  1 15:40"Барселона" келаси мавсумда "Камп Ноу"га қайтишни режалаштирмоқда  6 15:13"Милан" Итальянони бош мураббийлик учун номзод сифатида кўрмоқда  1 14:46Палмер наздида дунёнинг энг яхши футболчиси ким?  13 14:22"Футбол олами". Хайр, "Насаф". Қойил, "Лочин". Ўзбекистон кубогида 4 та гуруҳ ўйинлари тугади  0 14:05Родри Мадрид фахрий медали билан тақдирланди  3 13:38"Челси" Англия терма жамоаси аъзосини кузатмоқда  0 13:11"Барселона" Шенснига ўринбосар қидирмоқда  6 12:43"Бавария" етакчиларидан бири билан шартномани узайтиришга тайёр  1 12:17Рубен Аморим: "Финалга тайёрланишнинг энг яхши усули – "Челси"га қарши ўйнаш"  4 11:42Хёйсен яқин соатларда "Реал"да тиббий кўрикдан ўтади  23

Stadionlar - hamon dolzarb masala Yangiliklar

Stadionlar - hamon dolzarb masala

Superligada dastlabki uchta tur uchrashuvlari o'tkazildi.

Sekin boshlangan shiddat ikkinchi-uchinchi turlarga kelib tezlik ola boshladi. Agar yanada qiziq bahslar guvohi bo'lsak, bu ketishda chempionat ancha qizg'in tus oladi. Lekin bazi stadionlar tayyor emasligi, tayyorlarining ham sharoiti zo'r emasligi, o'yingohlarning ancha eskirib qolgani dilni xira qilyapti. 

Yashab turgan uyingizga etibor berasizmi? Ha. Minib turgan mashinangizga etibor berasizmi? Ha. O'ynab turgan stadiongizga etibor berasizmi? Ha, faqat bazan. Bazan esa umuman etibor bermaymiz. 

Dastlabki 3ta tur uy uchrashuvlarini kim qaerda o'tkazdi? 

"Paxtakor" - "Paxtakor" stadioni

"Lokomotiv" - "Lokomotiv" stadioni

"Metallurg" - "Metallurg" stadioni

"Navbahor" - "Navbahor" stadioni

"So'g'diyona" - "So'g'diyona" stadioni

"Nasaf" - "Nasaf" stadioni

"Dinamo" - "Dinamo" stadioni

"Bunyodkor" - "Lokomotiv" stadioni/"Bunyodkor" stadioni

"Qizilqum" - AGMK stadioni

"Neftchi" - "Turon" stadioni

"Qo'qon-1912" - "Turon" stadioni

"Olimpik" - "Paxtakor" stadioni

"Surxon" - "Dinamo" stadioni

AGMK - uyda hali o'ynamadi

Ko'rib turganingizdek, Superliganing 14 jamoasidan faqat 7tasi uy uchrashuvlarini o'ziga tegishli stadionda o'tkazgan. Agar AGMK - "Nasaf" bahsi o'tkazilganida, 8ta jamoa bo'lardi, biroq o'yin boshqa muddatga qoldirilgani bois AGMKni hozircha ro'yxatga qo'shmay turamiz.

Lekin baribir AGMK uy bahslarini o'z maydonida o'tkazadi. SHunday bo'lgan taqdirda  6ta jamoa "uysiz" qoladi. Bu esa ko'p deganidir. Faraz qiling, "Qizilqum va "Surxon" muxlislari qachon o'z jamoalarini Navoiy yo Termizda ko'rishadi, bu hali nomalum. Stadion tayyor emas deyilyapti. Tamirlash ishlari olib borilyapti deyishmoqda. SHuning uchun ham jamoa uy bahslarini boshqa joyda o'tkazib turishga majbur. 

Boshqa stadionda o'ynab turamiz deb hammaning Toshkentga oshiqishi ham noto'g'ri. To'g'ri, poytaxtda yaxshi stadion, yaxshi mashg'ulot maydonlari bor, lekin shunday sharoitni viloyatlarda ham yuzaga keltirmoq zarur. Hamma Toshkentga yugurib kelaversa, boshqa joylarda futbol qanaqasiga rivojlanadi? 

Bu o'rinda PFLdan ham qattiqqo'llik talab etiladi. Jamoa yil boshida uy stadioni qaysi ekanini ko'rsatsin,  uy stadioni tayyor bo'lmay qolsa zaxira stadionini ham ko'rsatsin. Faqat zaxira stadioni uy stadiondan 100 km. radius atrofda bo'lsin. Masalan, "Surxon" Termizda o'ynaydimi, uy stadioni tayyor bo'lmay qolsa, 100 km. atrofdagi boshqa stadionda uy uchrashuvlarini o'tkazsin. Mana shu to'g'ri yo'l bo'ladi deb o'ylaymiz.

Hozirgi sharoitda esa bazi klublarning o'z muxlislari bilan umuman ishi bo'lmayapti. Ular muhimi o'z o'yinlarini o'tkazsa bo'lgani.

Reyting: +18   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика