So’nggi yangiliklar

07:21Тарих ёзишда давом этамиз! Бугун Ўзбекистон ОТЖ Олимпия ўйинларида дебют баҳсида майдонга тушади  0 00:47Чалобага АПЛнинг уч клуби қизиқиш билдирмоқда  0 00:30"Барселона" Мексика терма жамоаси мураббийлар штабига қўшилган Маркес учун 2 миллион евро олди  0 00:03"Милан" ҳимоячиси Бельгияга йўл олди  0 23:46"Реал Мадрид" бошқа ҳеч кимни сотиб олишни режалаштирмаяпти  0 23:29"Челси"ни 12 нафар футболчи тарк этиши мумкин - барча номлар маълум  3 23:12Туркия. Турғунбоевнинг ягона голи "Сивасспор"га ўртоқлик ўйинида ғалаба тақдим этди  2 22:55Ўртоқлик ўйини. "Арал" Суперлига жамоасини мағлуб этди  4 22:27Венесуэлада ВАР томонидан белгиланган офсайд чизиғи муҳокамаларга сабаб бўлди  14 22:00"Челси" Сарр билан шартномани бекор қилди. Футболчи эркин агент сифатида "Ланс"га йўл олади  1 21:43"Футбол бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонимиз — 9 ёшли Диёрбек Равшанов  0 21:21Шерзод Эсанов “Андижон” мухлислари билан хайрлашди  11 21:02Испания ОТЖ бош мураббийи: "Бор эътиборимизни Ўзбекистонга қарши ўйинга қаратганмиз"  22 20:49Париж-2024. Ўзбекистоннинг Испанияга қарши қандай либосда майдонга тушиши маълум  24 20:21Хёйбьерг "Тоттенхэм"дан "Марсел"га ўтди  3

Srechko Katanec: "Qozog'iston bilan o'yin siz uchun derbi bo'lishi mumkin, lekin men uchun navbatdagi o'rtoqlik o'yini" Yangiliklar

Srechko Katanec: "Qozog'iston bilan o'yin siz uchun derbi bo'lishi mumkin, lekin men uchun navbatdagi o'rtoqlik o'yini"

Ertangi O'zbekiston – Qozog'iston o'rtoqlik o'yini oldidan "Paxtakor" stadioni anjumanlar zalida vakillarimiz ishtirokida matbuot anjumani o'tkazildi.

Unda O'zbekiston MTJ bosh murabbiyi Srechko Katanec hamda yarim himoyachi Odiljon Hamrobekov ishtirok etdi.





Dastlab Katanec va Hamrobekov o'yinoldi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Odatdagidek o'rtoqlik uchrashuvi. Qandaydir o'ziga xos o'yin deb ayta olmayman. To'liq tarkib bilan kam vaqt shug'ullandik", – dedi Srechko Katanec.



"Hammangizni ko'rib turganimdan xursandman. Navbatdagi o'rtoqlik o'yini arafasida turibmiz. Oldingi o'yinlardagi kamchiliklarni to'g'rilaymiz degan umiddaman", – dedi Odil Hamrobekov.


- Murabbiyga savol. Osiyo Kubogi bir yil ortga surilishi, yani 2024 yilning yanvariga qoldirilishi rejalaringizga qanchalik tasir qildi?

- Aniq bir rejaga tasir qilmadi. Biz har bir vaziyatga moslashishimiz kerak. Askincha, buning ijobiy tarafi ham bor. Ko'proq o'rtoqlik o'yinlari o'tkazishimiz mumkin, tayyorgarlik uchun ko'p vaqt bo'ladi. Yana bir yaxshi tomoni, chempionat noyabrda tugaydi. Yaxshi tayyorgarlik ko'rishimizga imkon tug'aladi. Hozircha JCH-2026 saralashi qachon bo'lishini bilmaymiz.



- Ibrohimhalil Yo'ldoshevning yo'qligi nima bilan bog'liq?

- Men boshqa futbolchilarni sinab ko'rishni istadim. SHu bilan birga, aytishim mumkinki, u o'z o'yinlarini kuchaytirib borishi kerak. Albatta, uning o'yinlarini kuzatib boryapman. Ko'pincha asosiy tarkibdan joy olyapti, zaxirada o'tirgan payti ham bo'ldi. U o'z o'yinini kuchaytirib borishi, o'z ustida ishlashdan to'xtamasligi kerak. U hali yosh, agar 30 yosh bo'lganida, boshqa chaqirilmaydi, deyishimiz mumkin edi.



- O'zbekiston MTJ ko'pincha so'nggi 10-15 daqiqada gol o'tkazib yuboradi. Bu sizgacha ham bo'lgan, oldingi o'yinda ham uchradi. Buning ustida ishlashni iloji bormi?

- Bu barcha jamoalar bilan sodir bo'ladi. Hatto dunyoning eng yaxshi terma jamoalari ham shu holga tushishi mumkin. Bu nima bilan bog'liq ekanligini bilmayman, balki charchoqdandir. Kosta-Rika bilan o'yinga etibor bersak, ular so'nggi daqiqalarda ko'pchilik bo'lib hujumga o'tib ketishdi. O'yinchilar bu vaziyatda o'zlari aqlni ishlatib, harakat qilishlari lozim. Bu uchun malum bir reja yo'q.


- O'zbekiston ancha yillardan keyin Qozog'iston bilan to'qnash kelyapti. Ularning o'yini biz uchun so'roq ostida. Sizningcha, ular Osiyoda top-5 likka kirishi mumkinmi? O'zbekiston ertaga favoritmi? 

- Osiyoni kuchli beshligiga kiritsa bo'ladimi, bilmadim. Bunday terma jamoada hammasi avlodlarga bog'liq. Yaxshi avlod etishib chiqsa, shunda o'sha avlod bilan yaxshi o'yin ko'rsatishi mumkin. Qozog'iston o'yinlarini tomosha qildim, futbolchilari astoydil kurashishadi. Ertaga oson o'yin bo'lmaydi. Besh kishi bo'lib himoyalanishadi va tezda hujumga o'tib ketishadi. Qozog'iston kurashuvchan jamoa, ammo keragidan ortiq tajovuzkor harakat qiladi. Futbolchilarimiz hammasiga tayyor bo'lishlari lozim. 



-  Murabbiyga savol. Qozog'istonning aynan qaysi futbolchilarini alohida ajratib ko'rsatgan bo'lardingiz? 

- Menga Qozog'istonning o'yinlari juda yoqdi. Alohida kimnidir ajratib ko'rsatishni istamayman. Jamoaviy tarzda yaxshi o'ynashadi. Sloveniya bilan bahsni ko'rib chiqdik, tajovuzkor, sal qo'polroq o'yin ko'rsatishdi. Aytib o'tganimdek, jamoa tajovuzkor harakat qiladi. Jamoviy ruh hammasini hal etadi. 


- Futbolchiga savol. O'zbekiston terma jamoasida hamisha yarim himoya chizig'i kuchli bo'lib kelgan. Hozir sal kuchsizdek ko'rinyapti. Hozirgi paytda yarim himoya chizig'idagi holatni qanday baholaysiz?

- Siz aytganingizdek, Kapadze, Jeparov, Ahmedov avlodi eng kuchli yarim himoyachilardan iborat edi. Hozirgi paytda ham eng kuchlilar jamlanishiga harakat qilyapmiz. O'ylaymanki, biz ham akalarimiz darajasiga chiqib, oldimizga qo'yilgan vazifalarni astoydil bajaramiz.


Futbolchiga savol. Markaziy Osiyoda termalar hamisha solishtirib kelinadi. Qozog'iston MTJ bilan o'yin qanchalik principial ahamiyatga ega?

- Hech qanday principial ahamiyat kasb etmaydi. Murabbiy aytganidek, navbatdagi o'rtoqlik o'yini. JCH va Osiyo saralashi yo'lidagi bahs. 



- Murabbiyga savol. O'zbekiston terma jamoasi o'rtoqlik o'yini Qozog'istonga qarshi o'tadi. Bu OAV va muxlislar uchun oddiy o'yin emas. Bizning futbolchilarimiz va murabbiylar uchun bu shunchaliy oddiy o'yinmi? Qozog'istonga g'alaba uchun hatto pul mukofoti vada qilingan. Katta auditoriya o'yinni jiddiy qiziqish bilan kutmoqda. Vakillarimiz raqib Qozog'iston ekanligini his qilishyaptimi?

- Nima qila olaman? Nima deb javob berishim mumkin? To'g'ri, siz va ko'pchilik uchun bu derbi bo'lishi mumkin. Lekin men fikrimni o'zgartira olmayman. Bu murabbiy sifatida men uchun navbatdagi o'rtoqlik o'yini. 2007 yildagi o'yinda janjal yuzaga kelgan, lekin terma jamoalarda o'sha tarkibdan hozir hech kim qolmagan. Albatta, futbolchilar astoydil g'alaba uchun harakat qilishadi. Legionerlar kech etib kelishdi, bir yarim kungina to'liq mashg'ulot olib bora oldik. Bu bizga muammo keltirib chiqaradi. Hozir ko'pchilik bu o'yinga jiddiy ahamiyat qaratishni so'ramoqda. Lekin men ham taktik ishlanmalar ustida ishlashim mumkin. Agar menda sehrli tayoqsa bo'lganida, har bitta o'yinda g'alaba qozongan bo'lardik. Biroq men bu erga murabbiy sifatida rasmiy o'yinlarni yutish uchun taklif qilinganman. Bu bahs oldidan hech qanday bosim him qilmayapman.   

- O'zingiz aytib o'tganingizdek, legionerlar kech kelib qo'shilishdi. Jumladan, SHomurodov kecha tunda keldi. Nihoyat, Igor Sergeevni asosiy tarkibda ko'ramizmi yoki charchagan holda etib kelgan SHomurodov asosiy tarkibda maydonga tushadimi? 

- Eldor asosiy tarkibda o'ynaydi. SHomurodov charchamagan, chunki "Roma"ning oxirgi bahsida maydonga tushmadi. U hozir boshqalarga qaraganda yaxshi holatda.

Reyting: +35   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика