Srechko Katanec nihoyat Dubayga etib bordi
22 jan 2022 23:31
Yangiliklar
Srechko Katanec nihoyat Dubayga etib bordi
Terma jamoamiz bosh murabbiyi koronavirusni engib, terma jamoa safiga qo'shildi.
"Bugun jamoamiz bosh murabbiyi Srechko Katanec karantin o'tab bo'lib, Dubay shahriga etib keldi va terma jamoaga qo'shildi. SHuningdek, futbolchimiz Umidjon Ergashev ham qayta topshirilgan manfiy testdan so'ng mashg'ulotlarga kirishdi.
Navbatdagi PCR testlar topshirgan delegaciyamiz azolaridan faqatgina Odiljon Hamrobekovda musbat natija chiqdi. Karantinga olingan futbolchimiz o'zini yaxshi his etmoqda va unda kasallik simptomlari kuzatilmayapti", -deyiladi O'FA bergan bayonotda.
Fikrlar