Srechko Katanec: "Natijadan qoniqish hosil qildim"
12 iyu 00:55
Yangiliklar
Srechko Katanec: "Natijadan qoniqish hosil qildim"
"Uchrashuv yaxshi o'tdi. Natijadan qoniqish hosil qildim. Bugun himoyada ishonchli harakat qilib, Eronga imkoniyat qoldirmadik. Ikkinchi bo'limda raqib jamoa tomonidan yo'llangan zarba darvoza ustuniga tegib qaytgani ko'ngilni biroz xotirjam qildi. Umuman olganda, yaxshi o'yin namoyish etdik va hech bir futbolchi jarohat olmaganidan xursandman. Eronga ham yaxshi mezbonlik uchun minnatdorchilik bildiraman.
Odatda, o'z maydonimizda hujumkorlik ko'rsatamiz. Eronning 20 ta o'yindan iborat golli seriyasi to'xtagani bu shunchaki raqamlar, xolos.
Bellashuvda g'alaba qozonish-qozonmasligimiz reytingga tasir qiladi deb o'ylamayman. Biz uchun yutqazmaslik muhim edi va bu borada alohida fikr bildirmayman.
O'runov va Masharipov ko'rsatmalarimni yaxshi bajarishdi, ular himoyada ham jamoadoshlariga yordam berishdi. Erondagi durangdan ko'nglim to'ldi", — dedi Katanec.
Fikrlar