So’nggi yangiliklar

15:14МЮ Мбеумо учун курашда пешқадам ва у учун катта пул ажратишга тайёр  0 14:45Лотар Маттеус "Манчестер Сити"га Тер Штегенни сотиб олишни маслаҳат берди  0 14:17Жонни Эванс МЮда маълум бир лавозимга тайинланади  0 13:48Миш-мишларга қарамай, Маунт МЮни тарк этишни режалаштирмаяпти  2 13:20Илёс Зейтуллаев: "Самарқанддаги 3 очкони жамоавий ғалаба деган бўлардим"  2 13:02Мареска: "АҚШдаги об-ҳаво туфайли машқ қилиш деярли имконсиз"  0 12:34Раулнинг навбатдаги манзили Испания U-21 термаси бўлиши мумкин — музокаралар бошланди  0 12:07"Бавария" дортмундликлар юлдузини сотиб олмоқчи  0 11:39"Манчестер Сити" ҳимоячисининг дисквалификацияси узайтирилди  4 11:19Суперлига. 14-тур ҳакамлари маълум: "Насаф" – "Пахтакор" учрашувини Тўхтасинов бошқаради  26 10:40"Тоттенхэм" 20 ёшли япониялик футболчининг трансфери бўйича келишувга эришди  1 10:04Шаҳбоз Умаров “Турон“ билан хайрлашди. Унинг кейинги жамоаси водий клуби бўлиши мумкин  7 09:33Шомуродовга А Серия жамоасидан таклиф бор  13 09:02Пролига. Бугун марказий учрашув бўлиб ўтади  1 08:31“Рома“ Шомуродовни қанчага сотишни режа қилгани маълум  8

Srechko Katanec: "Muxlislarga o'yin oson o'tgandek tuyilishi mumkin. Aslida esa, uchrashuv juda qiyin kechdi" Yangiliklar

Srechko Katanec: "Muxlislarga o'yin oson o'tgandek tuyilishi mumkin. Aslida esa, uchrashuv juda qiyin kechdi"

O'zbekiston Ammanda Malayziyani yirik hisobda (5:1) taslim qildi.

O'zbekiston MTJ bosh murabbiyi Srechko Katanec ushbu o'yin haqida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"Birinchi navbatda futbolchilarimni ushbu g'alaba bilan tabriklamoqchiman. SHuni takidlab o'tish kerakki, o'yinchilar raqibning va uchrashuvning maqomiga qaramasdan, o'yinni juddiy qabul qilishdi. Aynan shu sababli ham, ularga minnatdorchilik bildirmoqchiman. Futbolchilarimiz o'yin tempini ham yaxshi ushlab turishdi.

Bugun biz jamoa sifatida juda yaxshi o'yin ko'rsatdik. SHu sababli ham, qaysidir o'yinchini alohija ajratib ko'rsatish noto'g'ri bo'ladi. Lekin, yosh o'yinchilarimiz o'zlarini yaxshi tomondan ko'rsatishganini ham aytib o'tish lozim.

Muxlislarga o'yin oson o'tgandek tuyilishi mumkin. Aslida esa, uchrashuv juda qiyin kechdi. Sababi, jamoamiz 90 daqiqa davomida pressing amalga oshirdi, xushyor o'ynashga harakat qildi. Maydon markazidagi to'p uchun kurashlarni ko'pini yutib chiqdik. 

To'g'ri, bugun bitta gol o'tkazib yubordik. Ammo, u golda faqat himoya chizig'ini ayblash noto'g'ri bo'ladi. CHunki, biz birinchi bo'lim so'ngiga kelib nafaqat himoyada, balki hujumda va maydon markazida ham biroz tempni tushirdik, agressiv o'yin ko'rsatmadik. Futbolchilar birinchi bo'lim tugadi degan kayfiyatda harakat qilishdi va shuning oqibatida gol o'tkazib yuborishdi. Umuman olganda esa, men himoyamiz va umman jamoaviy o'yinimizdan to'liq qoniqish hosil qildim", -deydi Srechno Katanec.

Reyting: +59   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика