So’nggi yangiliklar

19:16Расман: Ўзбекистоннинг ўтган мавсумдаги энг яхши ёш футболчиси "Қўқон-1912"га ўтди  0 19:00Конате Саудия Арабистони клубига ўтишдан бош тортди  0 18:35Эшитдик-да! ЎФА Хорватия терма жамоаси собиқ устозига таклиф билан чиқди  18 18:05Топ-трансферлар вақти. "Арсенал" ва "Ливерпуль" "тезлигига" пулдан муаммоси йўқ "Ньюкасл" ҳам дош беролмаяпти   0 17:45"Истанбул Башакшеҳир" матбуот хизмати Аббос Файзуллаевнинг трансфери масаласида маълумот берди  2 17:26Украиналик мутахассис "Андижон" мураббийлар штабига қўшилди  1 17:10Расман: Болтабоев "Нефтчи"ни тарк этди  2 16:55"Сўғдиёна" ва "Бунёдкор" қирғиз клуби билан ўйнайди  0 16:35"Реал" ҳимоячисини "Алавес"га сотди  0 16:06"Ливерпул"да Рэшфорд?! Катта трансферга тайёргарлик бошланди!  4 15:38Роналду – энг яхши!  26 15:11"Реал"да можаро: Винисиус янги мураббийнинг ҳаракатларидан норози  13 14:42"Андижон" "Сурхон" футболчисини ижарага олди  5 14:15"Манчестер Сити" ва "Бавария" Доннарумма учун курашга қўшилди  1 13:45Ўткир Юсупов "Истиқлол" таклифини рад этди  10

Srechko Katanec: "Mazkur yig'inga ko'plab yangi nomlarni jalb qildik" Yangiliklar

Srechko Katanec: "Mazkur yig'inga ko'plab yangi nomlarni jalb qildik"

O'zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Srechko Katanec O'FA matbuot xizmatiga o'rtoqlik uchrashuvidagi raqiblar va tarkib haqida fikrlarini bildirib o'tdi.

"Iordaniya va Malayziya terma jamoalari Associaciyada mavjud bo'lgan variantlar orasidan tanlab olindi. Buning uchun hech qanday alohida sabab yo'q. Biz aynan shu ikkita terma jamoaga qarshi o'ynaymiz, degan talabni qo'ymaganmiz. Hozirgi vaqtda o'rtoqlik uchrashuvlariga raqib topish ancha mushkul. Bundan tashqari bunday rejalar 6 oy yoki 1 yil oldin amalga oshirilishi kerak. 

Terma jamoaga yaqinda bosh murabbiy bo'lganim uchun O'FAda ham sparring raqib topishga ko'p vaqt bo'lgani yo'q. Bizda barcha futbolchilarni kuzatish uchun 1 oygina vaqt bor edi. SHu maqsadda ko'plab yangi nomlarni mazkur yig'inga jalb qildik. Oldimizda turgan o'yinlarda barchaga o'yin amaliyotini berishga harakat qilamiz. Keyingi yig'inlarda balki yana boshqa ijrochilarni taklif qilarmiz. Ko'p narsa ularning o'ziga bog'liq. Berilgan imkoniyatdan yaxshi foydalana olishsa navbatdagi yig'inlarga ham chaqiriladi. Bu yig'inda o'zini ko'rsata olmaganlar keyinchalik o'zini ko'rsatishi mumkin",- deydi Srechko Katanec.


Reyting: +23   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика