So’nggi yangiliklar

15:27Аббос Отахонов: “Иложи борича юқори ўринлар учун курашамиз”  0 15:05"Насаф" легионер футболчиси билан хайрлашди  0 14:49"Хоразм" машғулотлари Championat.asia объективида  0 14:30Равшан Ҳайдаров: "Ёш таркиб билан иштирок этишимизга қарамай, мен жамоамизга ишонаман"  3 14:10"Хоразм" Тошкентда тайёрланмоқда  1 13:42"Манчестер Юнайтед" бош мураббий лавозими учун асосий номзодларни белгилаб олди  8 13:16Расман: "Андижон" ярим ҳимоячиси жамоада қолди  3 12:53"Локомотив"га сербиялик ярим ҳимоячи келади  1 12:25"Сурхон" Ҳамиджоновни "Хоразм"га ижарага берди  2 12:07Бугунги ўйинлар: U-23 Осиё Кубоги очилиш ўйинлари, “Ювентус” сафарда ва бошқалар  4 11:55"Насаф" бор-йўғи 4 ўйинда қатнашган легионер дарвозабони билан хайрлашди  4 11:40"Нефтчи" Анталияда "Шахтёр", "Динамо" Батуми ва "Қорабоғ" билан тўқнаш келади  10 11:22Мбаппе — 2025 йилнинг энг яхши пенальтичиси  9 10:45Раҳимжон Давронов: “Ажойиб муҳит бўлади. Шу томонлама менга қизиқ ва ёқимли бўляпти”  1 10:18"Манчестер Сити" АПЛнинг энг қиммат ҳимоячиларидан бирини сотиб олмоқчи  11

Srechko Katanec: "Eronga qarshi g'alabasiz seriya bu shunchaki statistika xolos" Yangiliklar

Srechko Katanec: "Eronga qarshi g'alabasiz seriya bu shunchaki statistika xolos"

O'zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Srechko Katanec va darvozabonimiz O'tkir Yusupov Eronga qarshi uchrashuv oldidan matbuot anjumanida ishtirok etishdi

Srechko Katanec:


— Biz ertangi uchrashuvga tayyormiz. Eronni yaxshi bilamiz, ular bilan ko'p bor to'qnash kelganmiz. Osiyoning eng yaxshi jamoalaridan biri hisoblangan Eronga qarshi bahs oson o'tmasligi aniq. Futbolchilarim o'z darajalarini ko'rsatishlariga ishonaman. Umid qilamanki, har ikki jamoa toza futbol ko'rsatadi va kartochkalarsiz o'yin guvohi bo'lamiz. Biz ham o'z darajamizga egamiz, istalgan jamoa uchun qiyin raqibmiz. Bor etiborimiz ushbu bahsga qaratilgan.


Eronga qarshi g'alabasiz seriya bu shunchaki statistika xolos. Ertangi bahsda eronlik qaysi futbolchilar katta sahnaga chiqadi buni bilmayman. Asosiy etiborim o'z o'yinimizga qaratilgan. Jamoamdagi har bir futbolchi Taremi va Azmun singari futbolchilarga qarshi nima qilayotganini aniq bilib turishlarini istayman. Albatta, ehtiyotkorlikni ham yoddan chiqarmasligimiz zarur. Bosimni engib o'ta olgan jamoa g'olib bo'ladi.


Eron Pro ligasidagi legionerlarimiz haqida


— Jaloliddin Masharipov va Oston O'runov Eron chempionatiga yaxshi moslashdi, bundan juda xursandman. Ayniqsa so'nggi o'yinlarda ikkisi ham yuqori sport formasida ekanini ko'rdik. Ular ertangi bahsda ham o'zlarini ko'rsatishadi, deb o'ylayman. Eng asosiysi ular jamoa uchun o'ynashsin.


Eron tarkibi haqida


— Eron uzoq yillardan beri deyarli bir xil tarkibga ega. Hozir mavsum oxiri va barcha futbolchilarda charchoq bor. Lekin eronlik futbolchilar doim birga va ularda jismoniy tayyorgarlik ham alo darajada. 


Reglament haqida


— Nima sababdan futbolchilarning sariq kartochkalari keyingi bosqichda ham saqlanib qolishi tushunarsiz, ular 3-saralash raundiga “toza” holda o'tishlari kerak.


O'tkir Yusupov:


— Ertaga chiroyli o'yin bo'ladi, Eronga yaxshi niyat bilan keldik. G'alaba qozonib, Vatanimizga yorug' yuz bilan qaytishni niyat qilganmiz.

Reyting: +31   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика