So’nggi yangiliklar

13:03Таҳлил. Ўзбекистон терма жамоасида "перезагрузка": Каннаваро нимани ўзгартирмоқчи?  2 12:40Лапорта: "Агар Худо бор бўлса, у "Барса" томонида"  8 12:13"Галатасарой" Салоҳ билан шартнома имзолашни режалаштирмоқда  1 11:50Уругвай дарвозабони Ўзбекистонга қарши ўйинда қайси вазият қийинчилик тўғдирганини айтди  2 11:28Юрген Клопп Вирцни ҳимоя қилиб чиқди  1 10:50"Барселона" асосий футболчиси билан янги шартнома имзолайди. Товон пули 500 миллион евро!  2 10:23ЖЧ-2026 саралаш. Бугун Осиёда иккита даҳшат ўйин бор  17 10:01Юрген Клопп: "У - 100 йилда бир марта пайдо бўладиган истеъдод"   1 09:18U-20 терма жамоамиз Қозоғистонга қарши майдонга тушади  0 08:51Бугун ўсмирларимиз яна бир бор Туркияга қарши баҳс олиб боради  3 08:26ЖЧ-2026 саралаш. Бельгия, Украина, Германияда ғалаба, Францияда эса... + қолган натижалар  0 07:58"Жуда меҳнаткаш, интизомли ва барқарор жамоа" — Бьелса Ўзбекистон терма жамоаси ҳақида  6 07:30Sofascore. Уругвайга қарши баҳсда йигитларимиз неча баҳо олишди?  15 00:07Игорь Сергеев: "Бундай жамоалар ҳеч қачон 90 дақиқа тўлиқ борини бериб ўйнамайди"  9 23:36Отабек Шукуров: "Шундай ўйинлар орқали Жаҳон чемпионатини ҳис қилиб оламиз"  24

Srechko Katanec: "Biz to'liq mahoratimizni namoyish etmay turib, uch ochkoni qo'lga kiritdik. Raqib darvozaboni o'z jamoasini uchta goldan saqlab qoldi" Yangiliklar

Srechko Katanec: "Biz to'liq mahoratimizni namoyish etmay turib, uch ochkoni qo'lga kiritdik. Raqib darvozaboni o'z jamoasini uchta goldan saqlab qoldi"

O'zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Srechko Katanec Qirg'iz Respublikasiga qarshi bahsdan so'ng saytimiz jurnalisti Abdulvosit Bektemirov bilan kichik suhbat qurdi.

- Bugungi qiyin uchrashuvdagi g'alaba bilan tabriklayman. Yuz foizlik natija qayd etayotganimiz ajoyib, ammo o'yin bo'yicha savollar ko'p. Keyingi uchrashuvlarda jamoa o'yinini qanday yaxshilashingiz mumkin?

- Asosiy tarkibimizdagi besh nafar futbolchi, ayni damda o'z klublarida o'yin amaliyotisiz qolib ketyapti. Bu vaziyatni o'nglab olish uchun yana bir oy vaqtimiz bor. Abduqodir Husanovning ham safga qaytishini kutyapmiz. Keyingi FIFA kunlarida jismoniy holatimizni yanada yaxshilab olishimiz kerak. Jismoniy holatimiz yaxshilanishi ruhiy tomonlama tayyorgarlik va koncentraciyaga bog'liq. Biz o'zimizning to'liq mahoratimizni namoyish etmay turib, uch ochkoni qo'lga kiritdik. Qanday holatda bo'lishimizdan qatiy nazar, biz g'alaba qozonishga va ochkolar jamg'arib borishga majburmiz.

- Uchrashuv davomida ko'pgina futbolchilar o'z poziciyasini tez-tez almashtirib turdi va mening fikrimcha, shu sababli bugungi bahsda ko'p individual xatolar kuzatildi...

- Futbolchilar har doim ham bir zonaga javobgar bo'lavermaydi. Har doim ham bir joyga turib o'ynashning iloji yo'q. Futbolchilar maydondagi to'liq erkinlikka ega va ular maydonda o'zi istagan harakatlarni bajarishlari mumkin. Ular "robot" emas-ku. Futbolchi xohlagan qanotda o'ynashi mumkin. Biz birinchi bo'limda juda ajoyib o'yin namoyish etdik, ammo raqib darvozaboni shunchaki "dahshatli" o'ynab yubordi va o'z jamoasini uchta goldan saqlab qoldi. Yagona muammo - biz gol o'tkazib yuborganimiz. To'p nazorati bizda edi, raqib esa qarshi hujumda gol urdi. Bugungi o'yinimizdan juda xursandman.




Srechko Katanec Qirg'iz Respublikasiga qarshi kechgan qiyin uchrashuvdan so'ng nimalar dedi? (to'liq matbuot anjumani)

Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика