Tarixiy g'alaba qo'lga kiritilgan, "oq bo'rilar"ning ovi baroridan kelgan O'zbekiston - BAA uchrashuvidan 10 ta fakt

Iskandarov Abdulaziz
16 okt 2024, 11:15
O'zbekiston milliy terma jamoasi kecha JCH-2026 saralash bosqichi doirasida BAA bilan kuch sinashdi.

 Qiziqarli kechgan o'yinda mezbonlar 1:0 natijasida zafar quchdi. Quyida mazkur qarama-qarshilikdan bir nechta faktlarni e'tiboringizga havola qilamiz. 

1. O'zbekiston o'z tarixida ilk bor Toshkentda BAA terma jamoasidan ustun keldi. Bunga qadar kechgan 4 ta uchrashuvning 3 tasida raqiblar g'alaba qozongan bo'lsa, 1 ta o'yinda durang qayd etilgan. 

2. "Oq bo'rilar"ning mag'lubiyatsiz seriyasi 17 ta uchrashuvga etdi. Vakillarimiz so'nggi bor 2023 yilning 10 sentyabr kuni safarda AQSHga mag'lubiyatga uchragandi. 

3. Otabek Shukurov o'zaro uchrashuvlarda BAA darvozasiga gol urgan 14-futbolchi bo'ldi. O'zaro o'yinlardagi to'purarlarimiz bilan tanishing. 

Igor Sergeev 3

Nikolay Shirshov 2

Server Jeparov 2

Timur Kapadze 1

Navro'zbek Alimov 1

Shoxruh Gadoev 1

Maksim Shackix 1

Ravshan Bazarov 1

Farhod Tojiev 1

Sanjar Tursunov 1

Shuhrat Maqsudov 1

No'mon Hasanov 1

Viktor Karpenko 1

Bobir Abdixoliqov 1

5. BAA terma jamoasi 10 yildan so'ng Toshkentga keldi. Jamoalar so'nggi bor 2014 yil "Bunyodkor" stadionida to'qnash kelishgan va 1:1 hisobidagi durangga imzo chekishgan. 

6. Otabek Shukurov terma jamoa libosidagi 73-uchrashuvida 8-golini urdi.

7. O'zbekiston 10 yildan so'ng BAA bilan o'yinda o'z darvozasi dahlsizligini saqlab qoldi. So'nggi bor 2014 yil o'rtoqlik uchrashuvida terma jamoamiz raqibni 4:0 hisobida enggandi. 


8. BAA terma jamoasi JCH-2026 saralashida mehmondagi ilk mag'lubiyatini qabul qilib oldi. Amirliklar safardagi 4 ta o'yinning barchasida 3 ochko qo'lga kiritgan edi. 

9. "Oq bo'rilar" Osiyo kubogidan so'ng ilk bor raqib darvozasiga penaltidan gol urdi. 

10. O'zbekiston Toshkentdagi ketma-ket 3 ta o'yinda darvozasidan gol o'tkazmadi. 

O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: Championat.asia