So’nggi yangiliklar

01:15Шешко сабабли МЮ ўз ҳужумчисидан воз кечмоқда  1 00:49Зидан келаси йили мураббийликка қайтиши кутилмоқда  0 00:17Шешко Каррингтонда  0 23:59Конференциялар лигаси саралаши. "Истанбул Башакшеҳир" сафарда иродали ғалабага эришди, Шомуродов захирадан ўйинга қўшилди  29 23:31Рўзиқул Бердиев: "Охирги зарбани беришда совуққонлик етишмади"  10 23:20Максим Шацких: "Бугун ютишимиз ҳам, ютқазиб қўйишимиз ҳам мумкин эди"  5 22:55Here we go! "Барселона" асосий ҳимоячиси "Ал Насср"га ўтмоқда  0 22:40Баҳром Ҳайдаров: "Ҳар бир гапимиз баҳонага ўхшаб қоляпти"  3 22:08Виталий Левченко: "Биз ҳам "Қўқон-1912"га ёрдам қилдик"  7 21:58Суперлига. "Насаф" ўз уйида "Андижон" билан дуранг ўйнади  107 21:42Биласизми? "Нефтчи" бу йил сафар ўйинларида мағлуб бўлмади  2 21:24"Қўқон-1912" 3 ойдан бери ғалаба қозона олмаяпти  3 21:08Суперлига. "Нефтчи" сафарда "Қўқон-1912"ни қийинчилик билан мағлуб этди  19 20:45"Реал" 3 нафар футболчисига янги шартнома таклиф қилмайди  4 20:20Нестеров, Кападзе, Жепаров, Машарипов... Мирко Еличич ўз қўл остида ўйнаган футболчилардан иборат рамзий жамоа тузди  6

Srechko Katanec: "G'alaba qozona olmaganimizda keyingi uchrashuvga qadar katta bosim bo'lardi" Yangiliklar

Srechko Katanec: "G'alaba qozona olmaganimizda keyingi uchrashuvga qadar katta bosim bo'lardi"

JCH-2026 2-saralash bosqichi Turkmaniston - O'zbekiston (1:3) uchrashuvidan so'ng terma jamoamiz bosh murabbiyi Srechko Katanec va "Fatix Karagyumryuk" futbolchisi Otabek SHukurov matbuot anjumanida ishtirok etishdi.

- Biz g'alabaga loyiq edik. Men yigitlarim namoyish etgan o'yindan ko'nglim to'ldi. Bugungi uchrashuv biz uchun juda katta ahamiyatga ega edi. Agar bugun g'alaba qozona olmaganimizda keyingi uchrashuvga qadar katta bosim bo'lardi, deb o'ylayman. Turkmaniston terma jamoaga bitta zarba berib hisobni ochdi. Natijani meni qoniqtirdi.

- Nima sababdan g'alaba qozondik? Biz Turkmanistonga terma jamoasiga tinimsiz bosim qildik. Raqibga nisbatan ko'proq hujum qildik. Mening jamoamning darajasi ham yaxshiroq. Maydon dahshatli holatda edi. Men bunday maydonda futbol o'ynashni tasavvur qila olmayman. Turkmaniston terma jamoasi esa bunday maydonda har doim o'ynaydi va ular uchun bu normal holat. Mening futbolchilarim esa suniy qoplamada bir yilda bir marotaba o'ynashi mumkin. Suniy maydonda to'p boshqacha harakatlanadi. O'yin tezligi tushadi, to'pning sapchishi ham boshqacha. O'zbekistondan kuchli terma jamoalar ham bunday maydonlarda mag'lub bo'lishi mumkin. Suniy maydonda himoyaviy o'yin namoyish etish ancha oson. JCH-2018 saralashida ham KHDRga suniy maydonda o'ynab yutqazganmiz. JCH-2022 saralashida ham Falastinga mag'lub bo'lganmiz. Yana o'sha suniy maydon bizga to'sqinlik qilgandi. O'yindan avval yigitlarga biz raqibdan kuchliroq ekanligimizni, ammo biz buni maydonda yana bir isbotlashimiz kerakligini aytgandim.

Otabek SHukurov: - G'alaba qozonganimizdan xursandmiz. Bunday maydonda o'ynash oson emas. Biz xarakter namoyish etdik. Bosh murabbiy aytib o'tganlaridek, avvalgi saralash bosqichlarini mag'lubiyat bilan boshlaganimizga aynan suniy maydon sababchi bo'lgan. Bunday maydonda futbol o'ynashning imkoni yo'q. Bunga javobgar tashkilot, futbolchining sog'ligini ham o'ylashi kerak. Bu muhim uchrashuv edi va bunday muhim uchrashuvlarni tabiiy maydonda o'tkazish kerak. SHunda haqiqiy futbol bo'ladi.

- Biz tiklanib olishimiz kerak. Bunday holatda Eronga qarshi o'ynay olmaymiz. Bizga vaqt kerak. Hali oldinda 5 kun bor. Turkmanistonga qarshi o'yindan avval men mashg'ulot o'tkazmadim. Eron terma jamoasi juda tajribali, ammo Eronga qarshi qanday o'ynash kerakligini bilaman. Eron terma jamoasi bilan uch marta to'qnash kelganman va 1ta g'alaba va 1ta durang qayd etganman.

- Bugun ikkita gol urdingiz. Gollaringizni kimga bag'ishladingiz?

Otabek SHukurov: Golni dadamga bag'ishlayman.

Srechko Katanec: - Men bugun xato qilibman. Otabek hujumda "devyatka" bo'lib o'ynashi kerak edi(kuladi)

Reyting: +40   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика