So’nggi yangiliklar

17:05САфарда "Сурхон" меҳмони. Термиз клубининг бу йилги мақсади маълум   0 16:42Африка Миллатлари Кубоги соврини қамоқхонада?!  0 16:19Абдуғафур Ҳайдаров янги мавсумни Про лига жамоасида бошлайди  0 15:57Чемпионлар Лигаси финали учун тўп тақдим этилди  0 15:36"Баланд масжид" Фарғона вилояти ҳокими кубоги ғолибига айланди  3 15:19САфарда "Қўқон-1912" меҳмони. Жавоҳир Ҳусанов МТЖга бориб келгач, ўзгариб қолдими?   0 14:54А Серия топ-клуби юлдуз ўйинчи билан янги шартнома бўйича музокараларни бошлади  0 14:23Элдор Шомуродов Туркия Суперлигаси 21-тур рамзий жамоасидан жой олди  0 14:01Фарғона вилояти ҳокими кубогида 3-ўрин эгаси аниқланди  0 13:39Ўзбекистонлик мураббий Кипр клубида иш бошлади  1 13:18Расман: "Металлург" — Про лига иштирокчиси  9 12:56Ҳусниддин Алиқулов муваффақиятли операция қилинди  10 12:32Ҳоланд "Энфилд"да илк бор гол урди. У АПЛда ўйнаган 24 та стадионидан 23 тасида гол уришга муваффақ бўлган  3 12:05"Металлург"дан трансфер тақиқи олиб ташланди  0 11:39Манчестер грандлари "Брентфорд" ҳимоячиси учун курашади  2

SQUAWKA.com tahlili: Abduqodir Husanov - "Manchester Siti"ning xatodan boshlagan mustahkam himoya qo'rg'oni Yangiliklar

SQUAWKA.com tahlili: Abduqodir Husanov - "Manchester Siti"ning xatodan boshlagan mustahkam himoya qo'rg'oni

Mashhur saytlardan biri SQUAWKA.com Angliya Premer-ligasidagi yagona futbolchimiz Abduqodir Husanov haqida tahliliy maqola chop etdi.

Unda Husanovning Angliyaga kelgan ilk kunlaridan boshlab, hozirgi davrdagi holati haqida so'z borgan. Quyida ushbu maqolani etiboringizga havola etamiz.

"Manchester Siti" muxlislari jamoada Abduqodir Husanovdek himoyachi borligidan xursand bo'lishlari kerak". Tahliliy maqola shu jumla bilan boshlanadi. Yosh himoyachining Angliyadagi hayoti oson boshlanmadi. Yangi mamlakat, yangi shahar, yangi muhit...

Uning debyuti ham oson kechmagandi. "Chelsi"ga qarshi birinchi o'yinda Husanovning xatosi golga olib keldi. Bu o'yinda "Siti" 3:1 hisobida yutganini unuting. Oradan oylar o'tdi. Abduqodir tezda o'ziga kelib oldi va muxlislar ishonchini qozona boshladi. Shunday bo'ldiki, o'sha xatoni hamma unutib yubordi. Lekin "Lans" futbolchisi uchun xatoni esdan chiqarish oson bo'lmaganini ham aytib o'tmasak bo'lmaydi.

Bu o'rinda eng asosiy ishni jamoa bosh murabbiyi Pep Gvardiola bajardi: u yosh futbolchini katta bosimdan olib chiqib keta oldi. 21 yoshli himoyachini ketma-ket oltita o'yinda asosiy tarkibga tushirish orqali Gvardiola Husanovga naqadar ishonishini ko'rsatib qo'ydi. Yangi mamlakatga kelgach, yosh yigitga oson bo'lmasligini murabbiy chuqur anglab turardi, shu bois ustamonlik bilan ish olib bordi. Boz ustiga Husanov ingliz tilida gapirmasdi, bu borada ham murabbiy tutgan yo'l unga qo'l keldi.


Chuqurlikdan chiqish


Vaziyat shunday ediki, Abduqodir Husanov hammadan chetda qolgan, go'yoki unutib qo'yilgan bola edi. Mateus Nunes o'ng qanot himoyachisi sifatida deyarli xatoga yo'l qo'ymas, Ruben Diash, Yoshko Gvardiol va Jon Stouns mustahkam himoya qo'rg'onlari bo'lib, jamoa himoya chizig'ini ularsiz tasavvur qilib bo'lmasdi. "Chelsi" bilan o'yindagi o'sha jirkanch xato Abduqodirga juda qattiq tasir ko'rsatgandi. O'yinlar ko'p emasmi, vaqt o'tib hammasi o'zgara bordi.

Mohir himoyachilar Diash va Gvardiol jarohat oldi. Balki shu jarohatlar bo'lmaganida yosh o'spirin uchun yangi yil mavsumi ham zerikarli boshlangan bo'larmidi. O'zbekistonga legioner Angliyaga kelganidan beri oradan 12 oy o'tib etakchilar jarohati yana Abduqodirga imkoniyat yaratdi. U qorong'i o'radan chiqa boshladi, uzoqdan yorug'lik ko'rindi. Husanov zudlik bilan asosiy tarkibga qaytishi kerak edi.

Tez orada u "Brayton", "Ekseter" va "Nyukasl" bilan o'yinlarni boshlang'ich tarkibda o'tkazdi. Jamoada 20 yoshli Maks Alleyni hisobga olmaganda, Husanov "Siti" himoyasidagi eng katta futbolchilardan biri bo'lib qoldi. "Ekseter" bilan o'yindagi 10:1 hisobida g'alabaga Husanov katta hissa qo'shdi, u juda erkin harakat qildi. Undan oldin "Brayton"ga qarshi bahs ham yuqori saviyada o'tdi. Angliya Kubogidan o'rin olgan "Nyukasl" bilan 2:0 hisobidagi o'yinda ham Husanov o'zidan iliq taassurot qoldirdi.

Shu o'yinlarda haqiqiy markaziy himoyachi jamoada borligi ko'zga tashlandi, unga nisbatan ishonch ortdi, Angliyada mustahkam himoya vakili shakllanib kelayotgani ko'rindi. "Sent Jeyms Park"da o'ynash hech qachon oson bo'lmagan, lekin Abduqodir va "Siti" mehmonda murakkab vazifani uddalay oldi.

"Nyukasl" mag'lub etilgan o'yinda Husanovning roli

O'yinni tahlil qilganda Husanovning harakatlariga alohida etibor qaratsa bo'ladi. Uchrashuvda VAR uzoq vaqt ishlaganini hamma ko'rdi. "Hakkalar" raqib darvozasi tomon atigi ikki marta zarba bera olishdi. Statistika bo'yicha "Nyukasl" uydagi har o'yinda o'rtacha 6ta zarba yo'llar ekan. "Siti"ga qarshi bellashuvda mezbonlar bu ishni amalga oshira olishmadi, aniqrog'i bunga "Siti" himoyasi yo'l qo'ymadi.

Olti bor to'pni toza olib qo'yish, to'rt marta "podkat" uslubida to'pga ega chiqish hamda bir marta 100 foizli "podkat" bilan to'pni qaytarib qolish - bu ishlarning hammasini Husanov bajardi. To'g'risi, Angliyada ideal darajada "podkat" qiladigan futbolchilar alohida qadrlanadi. APLda ro'yxatdan o'tgan 303 nafar futbolchini oladigan bo'lsak, "podkat"ni to'g'ri va samarali bajarish bo'yicha Abduqodir Husanov 91,7 foiz ko'rsatkich bilan APL 2025/26 mavsumining 5-o'rinida turibdi. Taqqoslash uchun Gvardiol 94,7 foiz bilan to'rtinchi egallagan.

Husanovda to'p uzatishlar ham joyida. Yana o'sha "Nyukasl"ga qarshi bahsni oladigan bo'lsak, eng ko'p to'p uzatishni amalga oshirgan futbolchi ham Abduqodir Husanov bo'ldi. U 58 marta to'p oshirib bu borada eng yaxshi ko'rsatkichni qayd etdi. Va uning to'p uzatishlari 93,5 foizga mo'ljalga to'g'ri etib borganini hisobga olsak, bu ham yaxshi natija hisoblanadi.


O'zbek futbolchisi rivojidan Gvardiola xursand


"U biz uchun o'ta muhim transfer", - deya aytib o'tdi Gvardiola shu hafta boshida. - "U bizga ko'p yordam beryapti, chunki biz ancha yuqorida o'ynaymiz va bunday vaziyatda orqada ishonchli himoya bo'lishi kerak. Husanovga shunday o'ynash yoqadi. Vaqt o'tishi bilan uning foydasi yanada ko'proq tega boshlaydi. U hali yosh va ko'p narsa o'rganishi kerak. O'z navbatida menga ham u bilan ishlash, uni shug'ullantirish yoqyapti, chunki Husanov mashg'ulotlarga 100 foiz kuchini beradi".

Abduqodir Husanovning asosiy kaliti to'p bilan va to'psiz juda yaxshi o'ynay olishida. Bu yoshda unga yaxshi boshqaruvchi kerak, yanada kuchli himoyachi bo'lishi uchun etibor ko'proq berilishi talab etiladi. Abduqodir Angliyaga kelganidan beri oradan 12 oy o'tdi, bu orada u "Siti" tarkibida bir nechta o'yinlarni o'tkazdi. Lekin birinchi kungi Abduqodir bilan hozirgisi o'rtasida katta farq borligi yaqqol seziladi.

"Nyukasl"ga qarshi qiyin bahs ortda qoldi. "Siti"ni bugun yana bir qiyin uchrashuv kutyapti: jamoa Manchester derbisida "Yunayted"ga qarshi maydonga tushadi. Bu esa Husanov uchun yangi imtihon bo'ladi. To'g'ri, "Yunayted" hozir oldingi MYU emas. Lekin jamoada murabbiy o'zgardi va yangi murabbiy qo'l ostida raqib qanday o'yin namoyish etishini hech kim ayta olmaydi. Bu esa O'zbekiston milliy terma jamoasi futbolchisi uchun ham topishmoq bo'ladi. "Siti" "Arsenal"ga yana bosim o'tkazishi uchun bu o'yinni yutishga harakat qiladi.

X.Xoliqov tayyorladi.

Reyting: +10   

Fikrlar

+2   
17 jan 19:50:29
J afar Abdullayev
Shu bizni futbolistlar top 5 talikda oynamasinda zayibat qiliwasanlar yil 12 oy tinmey Xusanov,Xusanov,Xusanov agar 5 tadan owiq bizni futbolistlar zor ligada oynawsa tamom sayt faqat wular xaqida yozadi iloji borica tursigi qanaqa rang qaysi rangini kiyganda kopro kamandasi yutyabdi wunga oxwagan gaplar dalbayob adminlar
+2   
17 jan 18:48:08
Солийев Жамолдин
Тогри Абдук,одир да прасмотр йоки етибор коп болади лекн болди енди ака опалар зериктирдилар
Бошк,а мавзу к,илинглар Хусанов ни ози хам кормаябди шекилли
   
18 jan 20:50:05
Abdulaziz Turdibekov
J afar Abdullayev foydalanuvchining fikriga javob berish
Shu bizni futbolistlar top 5 talikda oynamasinda zayibat qiliwasanlar yil 12 oy tinmey Xusanov,Xusanov,Xusanov agar 5 tadan owiq bizni futbolistlar zor ligada oynawsa tamom sayt faqat wular xaqida yozadi iloji borica tursigi qanaqa rang qaysi rangini kiyganda kopro kamandasi yutyabdi wunga oxwagan gaplar dalbayob adminlar
yozatta faxrlanib ko'ralmebsizmi
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика