So’nggi yangiliklar

11:07Тома Табатадзе "Бухоро"га ўтиши мумкин  0 10:07Месси пеналтисиз голлар бўйича Роналдуни ортда қолдирди  17 09:52"Ньюкасл" Исакни сотиш ниятида эмас — клуб унинг нархини 173 миллион еврога кўтарди  1 09:24"Барселона" "Реал" юлдузини кўзламоқда — футболчи билан алоқа ўрнатилди  15 08:48"Нефтчи" таркибига нигериялик футболчи қўшилди  5 08:26Эрон клуби Одил Ҳамробеков трансфери учун "Бунёдкор"га қанча тўлади?  1 07:52"Интер Майами" "Ред Буллз"ни 5:1 ҳисобига ютди — Мессидан дубль  22 07:10"Бунёдкор" дарвозабони ОКМКга ўтди  0 00:44"Барселона" Рэшфордни 30-35 млн еврога сотиб олиш ҳуқуқига эга бўлади. МЮ 50 млн хоҳлаганди  3 00:12"Реал" ярим ҳимоячисини 20 млн еврога сотмоқчи  1 23:27Икки футболчи "Машъал" билан хайрлашди  0 22:53Ўзбекистон U-23 ўртоқлик ўйинида "Бунёдкор" билан дуранг ўйнади  5 22:16Эшитдик-да! "Андижон"ни тарк этган дарвозабон Тошкент клубига ўтмоқда  1 22:04"Шўртан" 7 та гол урилган ўйинда амалдаги чемпион "Насаф"ни мағлуб этди  4 21:28"Хоразм" августдан бошлаб уй ўйинларини вақтинча Олмалиқда қабул қилади  7

"Sport TV"da O'FA va PFL rahbariyati ishtirokida ochiq muloqot bo'lib o'tadi Yangiliklar

"Sport TV"da O'FA va PFL rahbariyati ishtirokida ochiq muloqot bo'lib o'tadi

Teglar :  Sport TVO'FAPFL
18 aprel kuni "Sport" telekanalida O'FA va O'zPFL rahbariyati ishtirokida ochiq muloqot bo'lib o'tadi.

Bu haqda O'FA matbuot xizmati xabar berdi.

"O'zbekiston futbol Associaciyasi hamda Professional futbol ligasi yurtimizda futbolni yanada rivojlantirish, yangi bosqichga olib chiqish, yosh avlod orasida futbolni ommaviylashtirish va bu yo'l orqali sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish maqsadida bir qator chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda.

Yurtimizdagi muxlislar tomonidan bu borada bildirilayotgan fikr-mulohazalar, takliflar ham doimo o'rganib borilib, ana shu taklif-mulohazalar asosida qarorlar qabul qilinyapti. Asosiy maqsad futbolimizda shaffoflikni taminlash, futbol uchrashuvlari ochiq tarzda, halol kurashlar asosida o'tishini nazorat qilib borishdan iborat.

O'zbek futbol muxlislarining fikr-mulohazalariga quloq solish, ular bilan fikr almashish va futbolimizni rivojlantirish yo'lidagi takliflarni ko'rib chiqish, MTJ, Olimpiya terma jamoasi, bolalar futboli, Superliga va Pro-liga, shuningdek, O'zbekiston kubogi musobaqasini o'tkazish borasidagi yutuq va kamchiliklarni tahlil etish maqsadida shu yilning 18 aprel kuni soat 18:00da O'zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “Sport TV” telekanalida ochiq muloqot tashkil etiladi. O'zbekiston Milliy Olimpiya Qo'mitasi va “Sport” teleradiokanalining qo'shma loyihasi bo'lgan “Sport klub”ning navbatdagi soni millionlar o'yini - futbolga bag'ishlanadi.

Jonli efirda namoyish etiladigan ushbu dasturda O'FA va PFL rahbariyati, bo'lim boshliqlari ishtirok etishadi. Muxlislar o'zlarini qiziqtirgan savollarni O'FAning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga yoki quyidagi elektron pochtaga jo'natishlari mumkin: media@the-uff.com

Muxlislardan kelgan barcha savollar umumlashtirilib, ochiq muloqot davomida ko'rib chiqiladi va ushbu savollarga javob berib o'tiladi", - deyiladi O'FA rasmiy saytida keltirilgan xabarda.

Reyting: +21   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика