"Sport TV" Xitoyda o'tadigan U-23 Osiyo chempionatini namoyish etadi
03 jan 2018 16:06
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/297332_original.jpg)
![](/upload/storage/297332_220.jpg)
"Sport TV" Xitoyda o'tadigan U-23 Osiyo chempionatini namoyish etadi
"Sport TV" Osiyo chempionati U-23ni namoyish etishni rejalashtirmoqda. Bu haqda telekanalning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida malum qilindi.
Ushbu musobaqada Ravshan Haydarov boshchiligidagi O'zbekiston U-23 terma jamoasi ham ishtirok etadi. Vakillarimiz ertaga Xitoyga jo'nab ketadi. "Sport TV" musobaqaning barcha o'yinlarini namoyish etishni maqsad qilgan.
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston U-23 terma jamoasi ushbu musobaqada mezbon Xitoy, Qatar hamda Ummon terma jamoalariga qarshi maydonga tushadi.
Vakillarimiz guruh uchrashuvlarini quyidagi taqvim asosida o'tkazishadi:
09.01.2018, 16:30. Qatar - O'zbekiston
12.01.2018, 13:00. O'zbekiston - Xitoy
15.01.2018, 13:00. Ummon - O'zbekiston
*O'yinlar boshlanishi Toshkent vaqti bilan ko'rsatilgan.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar