“Sport” TV da yangi loyiha - “Refere-taym”
04 mar 2018 13:41
Yangiliklar


“Sport” TV da yangi loyiha - “Refere-taym”
Superliga o'yinlarini to'laqonli jonli efirda namoyish etishni rejalashtirgan “Sport” TV uning atrofidagi jarayonlar va o'yinlar tahliliga ham alohida urg'u berishni maqsad qilgan.
Juda ko'p muhokamalarga sabab bo'ladigan holatdan biri o'yinlardagi hakamlik. "Sport" telekanali PFL bilan hamkorlikda ushbu mavzuni yangi loyiha - “Refere-taym”da ekranga olib chiqishni rejalashtirgan.
Unda PFLning hakamlar ishini baholaydigan va nazorat qiladigan bo'limidan maxsus vakil tur o'yinlarida yuzaga kelgan bahsli holatlarni sharhlab beradi. Ko'rsatuvni efirga uzatishdan asosiy maqsad esa o'yinlarda adolatli hakamlikni taminlashga hissa qo'shishdir. Bu Superliiga o'yinlarining tomoshabobligini oshirishga, ortidan o'zbek futboli rivojiga yordam berishi shubhasizdir.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar