"Sport" telekanali Ummondagi Osiyo chempionatini olib beradimi?
09 jan 2014 11:25
Yangiliklar

"Sport" telekanali Ummondagi Osiyo chempionatini olib beradimi?
Xabaringiz bor, 11 yanvar kuni Ummonda yoshlar o'rtasidagi (U-22) Osiyo chempionati start oladi.
Ko'pchilik anchadan buyon "Sport" telekanali ushbu musobaqaning o'yinlarini olib beradimi degan savol bilan murojaat qilmoqda.
So'nggi malumotlarga ko'ra "Sport" musobaqa o'yinlarini namoyish etadi. Telekanal dasturida har kuni Osiyo chempionatining ikkitadan o'yini ko'rsatilishi haqida malumot berilgan.
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston yoshlar (U-22) terma jamoasi 12 yanvar kuni Xitoy (18:00 Toshkent vaqti), 14 yanvar Iroq (18:00) va 16 yanvar kuni Saudiya Arabistoni (21:00) jamoalariga qarshi o'ynaydi.

Fikrlar