Spektor: "Ronaldu MYUda pishib etilmagan "mahsulot" kabi edi"
11 iyu 2019 16:41
Yangiliklar


Spektor: "Ronaldu MYUda pishib etilmagan "mahsulot" kabi edi"
"Manchester Yunayted"ning sobiq futbolchisi Jonatan Spektor 2003-2009 yillar davomida klub tarkibida harakat Krishtianu Ronalduning o'yinlarini baholadi.
"Krishtianu MYUga endi kelgan vaqtlarida juda xomush yurardi. Uning qobiliyati ajoyib ekanligi ko'rinib turardi. Ammo o'shanda u pishib etilmagan "mahsulot" kabi edi.
U shu darajaga etishishi uchun yordam bergan barcha insonlardan qarzdor deb ayta olaman. Ser Aleks uni yillar davomida "pishirib", barcha jabhada rivojlantirdi va "Manchester Yunayted"danda yaxshiroq erga jo'natdi.
Ko'pchilik buyuk insonlar haqida gapirganda, siyqasi chiqqan gaplarni gapiradi. Maqtash ham bir xil so'zlar bilan ifodalanadi. Ammo men ham aytishim mumkinki, bunday aqlli futbolchini faoliyatim davomida ko'rmaganman", - dedi Spektor.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar