"Spartak"ning yangi bosh murabbiyi Oston O'runov haqida gapirdi
10 iyu 2021 17:38
Yangiliklar
"Spartak"ning yangi bosh murabbiyi Oston O'runov haqida gapirdi
Moskvaning "Spartak" klubi bosh murabbiyi Ruy Vitoriya yarim himoyachi Oston O'runov haqida gapirdi.
"Oston mavsumlar oralig'ining boshidan bosh jamoa mashg'ulotlarida ishtirok etmadi, sababi bizda o'yinchilar ko'p. Birinchi o'rinda yosh va boshqa klublardagi ijaradan qaytgan o'yinchilarni ko'rishni xohlardim", - deydi Vitoriya.
20 yoshli o'zbekistonlik futbolchining Moskva klubi bilan tuzgan shartnomasi 2025 yilga qadar mo'ljallangan.
O'runov o'tgan mavsum "Ufa" tarkibida 10ta (1ta assist) va "Spartak" libosida 9ta (1ta gol) o'yin o'tkazdi.
Fikrlar