So’nggi yangiliklar

18:00Париж-2024. Ўзбекистон - Испания (матнли трансляция)  15 17:43Артета: "Чемпионликка жуда яқинмиз"  0 17:10Париж-2024. Ўзбекистон - Испания. Асосий таркиблар маълум  41 16:55Ильгиз Танташев Элит ОЧЛ саралаш босқич баҳсини бошқаради  2 16:23Расман: "Сурхон" ўсмирлар ўртасида Евро чемпиони бўлган футболчи билан шартнома тузди  4 15:55Испания ОТЖ футболчилари: "Токио-2020дан тугалланмаган ишимиз бор. Мақсадимиз - олтин медал"  6 15:31"Парк де Пренс" стадиони Ўзбекистон - Испания баҳсига шай  11 15:16"Навбаҳор" Сардор Рашидов билан келишувга эришди  21 15:11Эксклюзив! Тимур Кападзе: "Мақсадимиз бор ва унга қараб интиламиз"  10 14:47Ўзбекистон U-23 терма жамоаси бош мураббийи ва футболчилари дастхати қўйилган тўпни ютиб олинг  3 14:42ОЛИМПИАДАГАЧА. Акром Комилов: "Испания индивидуал кучли, лекин ўзбекистонлик йигитлар ҳеч кимдан қолишмайди"  3 14:07"Ливерпуль" етакчиси жамоада қолмоқчи  1 13:38ОЛИМПИАДАГАЧА. Испания ОТЖ ҳақида нималарни билишимиз керак ёхуд "Қизил фурия" билан танишамиз  7 13:03Месси кесма паслар бўйича Топ-5 нинг охирги 2 мавсумида етакчи. Лео ПСЖни бир йил олдин тарк этган  16 12:25Гвардиола: "У қарор қабул қилиши керак"  3

RPL. "Spartak" mehmonda durang qayd etdi Yangiliklar

RPL. "Spartak" mehmonda durang qayd etdi

RPL 3-tur doirasidagi "Ufa" - "Spartak" o'yini yakuniga etdi.

FC Ufa

Pavel Alikin - 2'

Premier League . 3-tur

19/08/2020, 18:00

1
:
1
Tugadi

Spartak Moscow

Ezequiel Ponce - 18'

Stadion: Neftyanik Stadium

45'
90'
2'  Pavel Alikin
2'  Oleg Danchenko
27'  Pavel Alikin
36'  Bojan Jokic (Kirill Folmer)
73'  Oleg Danchenko (Olivier Thill)
78'  Timur Zhamaletdinov
80'  Kirill Folmer
84'  Timur Zhamaletdinov (Vyacheslav Krotov)
12'  Jordan Larsson
18'  Ezequiel Ponce
18'  Jordan Larsson
76'  Ezequiel Ponce (Zelimkhan Bakaev)
83'  Jordan Larsson (Maksim Glushenkov)

"Ufa" – "Spartak" 1:1

«Neftyanik»

Gollar: 1:0 – 2 Alikin, 1:1 – 18 Ponse.

"Ufa": Belenov, Nedelcharu, Nikitin, Suxov, Danchenko (Till, 73), Golubev, Aliev, Alikin, Karp, Yokich (Folmer, 36), Jamaletdinov (Krotov, 84).

"Spartak": Maksimenko, Jigo, Djikiya, Maslov, Ayrton, Zobnin, Umyarov, Kral, Larsson (Glushenkov, 83), Sobolev, Ponse (Bakaev, 76).

Ogohlantirishlar: Alikin (27), Jamaletdinov (78), Folmer (80).



UCHRASHUV YAKUNLANDI!

90+3. Oston bugun maydonga tushmaydigan ko'rinadi, bahs yakunlanishiga sanoqli soniyalar qoldi.

90+1. Uchrashuv asosiy vaqtiga 3 daqiqa qo'shib berildi.

90. ZARBAAA! Glushenkov 11 metrlik nuqta ustidan "Ufa" darvozasini boshi bilan ishg'ol qilishga urindi, ammo Belenov to'pni egallab oldi.

88. Mehmonlar yana bir hujum amalga oshirishdi, ammo "Ufa" himoyachilari zarba yo'liga to'g'anoq bo'lishdi.

83. "Spartak"da yana bir o'zgarish: Larsson o'rniga Glushenkov o'yinga qo'shildi.

81. "Spartak"ning standart vaziyati Belenovning to'pni egallab olishi bilan yakunlandi. "Ufa" posboni bugun juda yaxshi harakat qilmoqda.

76. Mehmonlar ajoyib hujum amalga oshirishdi, Kralning erlatib uzatgan to'pini uning jamoadoshlari darvozaga burishga urinishdi, ammo Belenov "Ufa"ni goldan qutqardi.

74. "Spartak" safida o'zgarish tayyorlanyapti, ammo bu Oston emas, Zelimxan Bakaev.

72. Sobolev raqib jarima maydonchasidagi to'p uchun kurashda qoida buzdi.

66. Esekel Ponsedan zarbaaaa, ammo Belenov to'pni qiyinchiliksiz egallab oldi.

64. Jordan Larssonning uzatmasidan so'ng Sobolev darvozaga chap oyog'i bilan zarba berdi, ammo zarba muvaffaqiyatsiz chiqdi.

62. ZARBAAA! Sobolevning bosh bilan zarbasidan so'ng to'p darvozaning yonidan o'tib ketdi. Ushbu vaziyat yaratilishida Umyarovning hissasi katta. Nail "Ufa"ning qarshi hujumini ajoyib harakat bilan to'xtatib qoldi.

59. Larsson uzoq masofadan zarba berishga urindi, ammo to'p darvoza ustidan o'tib ketdi.

58. Bahsni "MATCH! Premer" kanali orqali sharhlayotganlar ham Oston O'runovning maydonga tushishini kutishayotganini aytib o'tishdi.

57. "Ufa" burchak zarbasi ishlab oldi, bu paytda esa hakam mezbonlar ustozi Vadim Evseevga sariq kartochka ko'rsatdi.

54. Kral to'pni raqib jarima maydonchasiga tashlashga urindi, ammo uning uzatmasi yo'lida jamoadoshlaridan hech kim yo'q edi.

49. "Ufa" huddi birinchi bo'lim boshidagidek faol harakat qilmoqda.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.

TANAFFUS

45. Birinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shib berildi.

42. Oston O'runov chigalyozdi mashg'ulotlarni boshlab yubordi.

36. To'p qanotdan "Spartak" hujumchisi Sobolevga uzatildi, ammo Aleksandr to'pni darvozaga yo'llamay, jamoadoshiga uzatishga urindi va pas muvaffaqiyatsiz yakunlandi.

33. O'yin to'xtatildi. "Ufa" futbolchisi Boyan Yokichga tibbiy yordam ko'rsatilmoqda.

27. Uchrashuvdagi dastlabki sariq kartochka "Ufa" sardori Alikinga ko'rsatildi. Jamoa sardori raqib hujumchisi Sobolevga qarshi to'p uchun kurashda qo'pol harakat qildi.

25. Ayrton o'z mahoratini ishga solib, "Spartak" uchun burchak zarbasi ishlab oldi.

22. Hisob tenglashganidan so'ng "Ufa" to'pni o'zida ko'proq saqlab, pozicion hujumlar amalga oshirishga harakat qilmoqda.

18. GOOOL! PONSE HISOBNI TENGLASHTIRMOQDA! Ushbu uchrashuvdagi ikkinchi gol ham burchakdan uzatilgan to'pdan so'ng urildi. 1:1

15. "Spartak" katta kuch bilan hujumga o'tyapti, chunki jamoa hisobda ortda qolmoqda.

11. To'p oldida Jordan Larsson. ZARBAAA... Larsson 11 metrlik jarima zarbasidan foydalana olmadi. Belenov o'z sovriniga munosib ekanligini aniqladi.

10. PENALTI! Bosh hakamning o'zi videolavhani ko'rib keldi va 11 metrlik jarima zarbasi belgiladi.

9. Uchrashuv to'xtatildi. Jikiya hakamga juda qo'pol muomalada bo'lib, "Ufa" futbolchisi o'z jarima maydonchasida qo'l bilan o'ynagani haqida gapirdi. Referi VARdagilarni eshityapti.

6. "Spartak" urilgan golga tezda javob berishga urinib ko'rdi, ammo uzatmani darvozaga buradigan futbolchi topilmadi.

4. "Ufa" yana bir xavfli hujum uyushtirdi, ammo chap qanotdan uzatilgan to'pni "Spartak" himoyachilari qaytara olishdi.

2. GOL! Ostonning sobiq klubi bo'lmish "Ufa" ilk daqiqalardan hisobni ochdi. Burchakdan uzatib berilgan to'pni "Ufa" sardori Pavel Alikin boshi bilan darvozaga joylab qo'ydi.

1. Uchrashuv boshlandi. 

- Bahs boshlanishidan avval "Ufa" posboni Belenovga maxsus sovrin topshirildi. U o'tgan mavsumning eng yaxshi darvozaboni nomiga ega bo'lgandi.

- Jamoalar maydonga chiqib kelishmoqda.


"Ufa" - "Spartak" LIVE

«Ufa»: Belenov, Suxin, Alikin, Nikitin, Yokich, Danchenko, Nedelcharu, Aliev, Golubev, Karp, Jamaletdinov.

Zaxira: SHafinskiy, CHernov, Krotov, Bezdenejnyx, Emelyanov, Folmer, Belousov, Till, Agalarov, Giorgobiani, Vombergar, Rabadanov.

«Spartak»: Maksimenko, Djikiya, Maslov, Jigo, Ayrton, Zobnin, Umyarov, Kral, Sobolev, Ponse, Larsson.

Zaxira: Rebrov, Eshhenko, Kutepov, Rasskazov, Gaponov, Golosov, Mirzov, Bakaev, Markitesov, Til, O'runov, Glushenkov.

ROSSIYA PREMER-LIGASI TURNIR JADVALI VA TO'PURARLAR RO'YXATI BILAN TANISHING


Reyting: +24   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика