"Spartak" Tedeskodan so'ng klubga chet ellik murabbiyni jalb qilmoqchi
17 dek 2020 15:10
Yangiliklar


"Spartak" Tedeskodan so'ng klubga chet ellik murabbiyni jalb qilmoqchi
Moskvaning "Spartak" klubi xo'jayinlari jamoa bosh murabbiyi Domeniko Tedeskoning o'rniga boshqa murabbiy olib kelishmoqchi.
Germaniyalik mutaxassis kecha "Zenit"dan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng "qizil-oqlar" bilan shartnomani uzaytirmasligini aytdi.
Tedeskoning shartnomasi 2021 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Klub bosslari bosh murabbiylikka chet ellik mutaxassisni olib kelishmoqchi.
Moskva jamoasi RPL 19 turdan so'ng 35 ochko jamg'argan holda jadvalning ikkinchi o'rnida bormoqda.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar