"Spartak" - "Sevilya" bahsining eng arzon chiptasi 1500 rubl turadi
29 avg 2017 17:54
Yangiliklar


"Spartak" - "Sevilya" bahsining eng arzon chiptasi 1500 rubl turadi
O'yinni stadiondan ko'rmoqchi bo'lganlar eng arzon chiptani 1,5 ming rublga, eng qimmatini 30 ming rublga xarid qilishlari mumkin.
Sotuvning ilk ikki bosqichida - 29 avgust-10 sentyabr va 11-13 sentyabr kunlari - chiptalarni Rossiya chempionati uchrashuvlari uchun abonementga ega bo'lganlar xarid qilishi mumkin. Har bir muxlis ikkitadan ortiq chipta sotib ololmaydi. Uchinchi bosqichda (14-16 sentyabr) muxlislar kartasiga ega bo'lganlar bilet xarid qilish imkoniyatiga ega bo'ladi, ammo faqat bittadan. To'rtinchi bosqichda (17 sentyabr-17 oktyabr) chiptalarni onlayn-sotuvdan xarid qilish mumkin (barcha muxlislar uchun). Beshinchi bosqichda (15-17 oktyabr) chiptalar stadion kassalarida sotiladi. Bir kishiga bittadan ortiq chipta sotilmaydi.

Fikrlar