So’nggi yangiliklar

21:11"Ахмат" — "Акрон". Таркиблар маълум  0 21:05"Атлетик" — "Атлетико". Галлахер, Гризманн ва Альварес асосий таркибда  0 20:49"Спартак" — "Рубин". Қозонликларнинг ўзбекистонлик ўйинчилари асосий таркибдами?  0 20:35"Вест Хэм" — "Манчестер Сити". Де Брюйне, Бернарду ва Холанд асосий таркибда  1 20:26"Ризеспор" — "Қосимпошо". Алиқулов доимгидек асосий таркибда  0 20:10Ла Лига. "Барселона" ўз майдонида "Вальядолид"ни қабул қилмоқда (онлайн ҳисоб)  15 19:54"Қайсар" - "Ордабаси". Умаров ва Яхшибоев асосий таркибдами?  0 19:30РПЛ. ЦСКА яна ғалаба қозонди  0 19:00АПЛ. "Арсенал" ғалабани қўлдан чиқарди, Деклан Райс фаолиятида биринчи маротаба қизил карточка олди  3 18:51Пирс Морган: "Бу нимаси? Райс оёғидан зарба қабул қилиб олгани учун четлатилдими?"  8 18:36АПЛнинг 5та баҳси учун таркиблар билан танишинг  0 18:29АПЛ. Қизил карточка "Арсенал"га қимматга тушди ва Лондон клуби жорий мавсумдаги дастлабки очколарини йўқотди  12 18:17"Бухоро" ва "Хоразм" клублари, клуб расмийлари иши Тартиб-интизом қўмитасига оширилди  3 17:56Роналду ЧЛ қуръасига тақиб келган тақинчоқларнинг нархини биласизми?  11 17:08 "Футбол олами". Фарғонадаги кубок финалида водий дербисини кўрамиз   6

SHomurodov zaxiradan tushgan o'yinda "Spartak" "Rostov"ni mag'lubiyatga uchratdi Yangiliklar

SHomurodov zaxiradan tushgan o'yinda "Spartak" "Rostov"ni mag'lubiyatga uchratdi

Rossiya Kubogi 1/8 final doirasidagi "Spartak" va "Rostov" jamoalari o'rtasidagi o'yin yakunlandi.

"Spartak" (Moskva) – "Rostov" 2:1

Gollar: Jordan Larsson (43, 59) - Aleksandr Dolgov (87).

"Otkritie Arena"

"Spartak" (Moskva): Maksimenko, Jigo, Ayrton, Bakaev, Jikiya, Ponse, Larsson, Kutepov, Kral, Zobnin, Umyarov

Zaxira: Rebrov, Guliev, Til, SHyurrle, Ignatov, Malgarexo, Eshenko, Jano, Gaponov, Rasskazov

"Rostov": Pesyakov, Vilyush, Vedernikov, Xadjikadunich, CHistyakov, Logashov, Popov, Sigurdarson, Glebov, Zaynutdinov, Saplinov

Zaxira: Baburin, Sigurdsson, Eryomenko, Ionov, SHomurodov, Bayramyan, CHernov, Kozlov, Dolgov


Spartak Moscow

Jordan Larsson - 43', Jordan Larsson - 59'

Cup . 1/8-tur

31/10/2019, 20:30

1
:
2
Tugadi

FC Rostov

Alexander Dolgov - 87'

45'
90'
43'  Jordan Larsson
59'  Jordan Larsson
74'  Roman Zobnin (Lorenzo Melgarejo)
77'  Ezequiel Ponce (Andre Schuerrle)
90'  Ayrton Lucas (Nikolay Rasskazov)
67'  Ivelin Popov (Khoren Bayramyan)
71'  Bjoern Sigurdarson (Eldor Shomurodov)
75'  Maciej Wilusz (Alexander Dolgov)
87'  Alexander Dolgov


O'YIN YAKUNLANDI.

90. Bosh hakam ikkinchi bo'limga 3 daqiqa qo'shib berdi.

89. SHomurodov jarima maydonchasi ichida to'pni ajoyib tarzda Xadjikadunichga etkazib berdi. Ammo, "Rostov" himoyachisining zarbasiga aniqlik etishmadi.

87. GOOOOOOL!!! SHomurodovning ajoyib pasidan so'ng Dolgov to'pni darvozaning olis burchagiga joylab qo'ydi. SHomurodovda assist!

85. "Match TV" sharhlovchilari Eldor SHomurodov o'yinga qo'shilgandan so'ng jamoa yaxshiroq harakat qilayotganini takidlab o'tishmoqda.

83. SHomurodov!!! Eldorning ajoyib pasidan so'ng boshlangan hujum besamar ketdi. Vaziyat so'nggida tasodifan to'p hamyurtimizga kelib tushdi, ammo bu to'pga ulgurish qiyin edi.

78. Eldor SHomurodov va Xoren Bayramyan o'yinga qo'shilgandan so'ng "Rostov" ancha faol harakat qilmoqda.

77. Maydonga taniqli germaniyalik o'yinchi Andre SHyurrle tushirildi. U Ponseni almashtirdi.

75. "Rostov"da so'nggi o'zgarish: Dolgov Vilyushni almashtirdi.

75. "Spartak" safida sal oldinroq Zobnin o'rniga Melgarexo tushirildi.

73. SHomurodov Rossiya terma jamoasi himoyachisi Georgiy Jikiyani ajoyib tarzda aldab o'tmoqchi bo'ldi. Ammo, "Spartak" etakchisi hamyurtimizni qo'pollik evaziga to'xtatib qoldi.

70. SHomurodov tushishidan biroz oldin Baxtiyor Zaynutdinov ajoyib zarbasi bilan "Spartak" darvozasini ishg'ol qilishi mumkin edi. Ammo, mezbonlar darvozaboni Maksimenko shunchaki ajoyib seyv ijro etdi.

71. Nihoyat! Maydonga hamyurtimiz Eldor SHomurodov tushirildi. U Born Sigurdarsonni almashtirdi.

70. 2ta gol o'tkazib yuborgan "Rostov" hech nima qila olmayapti. Ustunlik va xavfli vaziyatlar yaratish bo'yicha ustunlik hali ham "Spartak" tarafida.

68. "Rostov" to'purari maydonga tushishga hozirlik ko'rmoqda. Ha, bu Eldor SHomurodov.

67. Maydonga Xoren Bayramyan tushirildi. 27 yoshli futbolchi bundan buyog'iga Ivelin Popovning o'rnida harakat qiladi.

63. Eldor SHomurodov, Xoren Bayramyan va Roman Eryomenko chigalyozdi mashg'ulotlarini boshlab yuborishgan.

59. GOOOOOOOOLL! "Spartak" ikkinchi golni ham urdi. Qarshi hujumdagi ajoyib kombinaciyadan so'ng birinchi gol muallifi yana katta sahnaga chiqdi. Bu Jordan Larsson!

58. "Rostov" hozircha raqib darvozasi tomon atigi 2ta zarba berdi va uning bittasi darvoza tomon aniq bordi. Balki SHomurodovni o'yinga qo'shish kerakdir.

53. "Rostov"dagi ilk sariq kartochka ham raqibga ishlatgan qo'polligi sabab oldingi vaziyat qahramoni Baxtiyor Zaynutdinovga ko'rsatildi.

52. Xavfli vaziyat! "Rostov"ning qozog'istonlik o'yinchisi Baxtiyor Zaynutdinov to'pni jarima maydonchasi ichida turgan sherigi Saplinovga uzatdi. Ammo, uning zarbasiga "Spartak" futbolchilari to'g'anoq bo'lishdi.

51. Ha, ikkinchi taymda ham birinchi bo'limda bo'lgani kabi "Spartak"ning ustunligini ko'rmoqdamiz. Ammo, ularning hujumlari o'yinning birinchi qismiga qaraganda ancha xavfliroq chiqmoqda.

48. O'yinning ikkinchi qismi ham maydon egalarining hujumlari bilan boshlandi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi!

- Jamoalar maydonga chiqib kelishmoqda.

1-taym statistikasi bilan tanishing.

TANAFFUS

45. Xavfli vaziyat! "Spartak" jarima maydonchasi ichidagi chalkashlikdan so'ng Born Sigurdarson qulay imkoniyat foydalana olmadi. Uning bosh bilan bergan zarbasi darvoza to'sini yuqorisidan o'tib ketdi.

45. O'yindagi navbatdagi sariq kartochka "Spartak" o'yinchisi Ayrtonning qo'polligi uchun unga ko'rsatildi.

43. GOOOOOOOL! "Spartak" o'yinchisi Jordan Larsson jarima maydonchasi ichida unga uzatilgan to'pni to'xtatmasdan Pesyakov darvozasiga joylab qo'ydi.

41. "Rostov" himoyachisi Vedernikov raqib o'yinchisi Zobnindan zarba qabul qilib oldi. Yo'q, hammasi joyida Vedernikov o'yinni davom ettiradi.

38. Takidlab o'tish kerakki, har ikki jamoa futbolchilari maydonda -2 darajadagi sovuqda harakat qilishmoqda. Balki shu holat o'yinning tempiga tasir o'tkazayotgandir.

35. "Rostov"da xavfli vaziyat yaratish uchun imkoniyat bo'lgan edi. Ammo, burchakdan oshirilgan to'pga birinchi bo'lib "Spartak" futbolchilari ega chiqishdi.

28. O'yindagi ilk sariq kartochka "Spartak" o'yinchisi Esekel Ponsega ko'rsatildi. U raqib o'yinchisi Danil Glebovga qarshi ishlatgan qo'pollik ishlatgan edi.

26. "Rostov" sardori Ivelin Popov raqibni itarib yubordi. Hakam esa uni og'zaki tarzda ogohlantirdi.

22. "Spartak"ning hujumlari besamar ketmoqda, "Rostov" to'pga deyarli egalik qilmayapti. O'yin tempi esa hali yuqori cho'qqiga chiqqanicha yo'q.

18. Hozircha Ayrtonning vaziyatidan boshqa aytarlik xavfli vaziyat yaratilmadi. To'pga egalik qilish bo'yicha ustunlik esa maydon egalari tarafida.

14. "Spartak" muxlislari o'z qahramonlarini faol tarzda qo'llab-quvvatlashmoqda.

10. "Rostov" ham hujum tashkil etishga harakat qilib ko'rdi, ammo muvaffaqiyatsiz. Umuman olganda, "Rostov" hozircha "Spartak"ni o'z yarim maydonida kutib olmoqda.

6. Kutilganidek o'yinning dastlabki daqiqalari moskvaliklar ustunligi ostida kechmoqda, "Rostov" esa hali hujum qilgani yo'q.

2. Uxxx! "Spartak" dastlabki daqiqalardayoq hisobni ochishi mumkin edi. Jarima maydonchasi ichiga tashlab berilgan to'pni Ayrton darvozaga yo'lladi, ammo to'p "Rostov" himoyachisi CHistyakovga tekkan holda maydon tashqarisiga chiqib ketdi.

1. O'yin boshlandi!

- Valeriy Karpin bugun asosiy tarkib o'yinchilarini zaxirada qoldirdi, jumladan Eldor SHomurodovni ham.

- Tez orada hamyurtimiz Eldor SHomurodov harakat qilayotgan "Rostov" jamoasi Rossiya Kubogi 1/8 final doirasida Moskvaning "Spartak" klubiga qarshi bahs olib boradi. Qiziqarli kechishi kutilayotgan o'yinni birgalikda kuzatib boramiz.

Reyting: +19   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика