“Spartak” o'z uyida “Axmat”ga yutqazdi va 3-o'ringa tushib qoldi
23 apr 2018 23:47
Yangiliklar
“Spartak” o'z uyida “Axmat”ga yutqazdi va 3-o'ringa tushib qoldi
Unda chempionlik uchun kurashayotgan Moskvaning “Spartak” klubi o'z maydonida “Axmat” jamoasini qabul qilib, kutilmaganda 1:3 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi.
“Spartak” ketma-ket ikkita uchrashuvda yutqazib, chempionlik uchun kurashdan deyarli chiqishdi. Bundan avvalgi turda qizil-oqlar “Ural” jamoasiga 1:2 hisobida yutqazishgandi.
CHempionat yakunlanishiga 3 tur qolgan bir paytda “Spartak” peshqadam “Lokomotiv”dan 7, ikkinchi o'ringa ko'tarilib olgan CSKAdan bir ochkoga ortda qolmoqda.
Spartak – Axmat 1:3 (0:2, 1:1)
Gollar: 0:1 – 11 Mitrishev, 0:2 – 23 Ismael, 0:3 – 50 Berisha, 1:3 – 86 Luis Adriano.
Spartak – Selixov, Bokketti, Eshhenko, Tashchi (Maksimovich, 46), Kombarov, Samedov (Timofeev, 53), Zobnin, Fernando, Promes (Pedro Rosha, 68), Luis Adriano, Ze Luish.
Axmat – Gorodov, Moxammadi, Anxel, Semenov, Rodolfo (Pliev, 69), Berisha, Ismael, Mitrishev (Roshi, 74), SHvec, Uciev, Balay (Mbeng, 77).
Ogohlantirishlar: Bokketti (29), Anxel (39), Luis Adriano (39), Uciev (64), Pliev (69).

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar