"Spartak" O'runovni 15 mln evroga sotmoqchi. "Gerta"ning taklifi qabul qilinmaydi
09 avg 2020 23:12
Yangiliklar


"Spartak" O'runovni 15 mln evroga sotmoqchi. "Gerta"ning taklifi qabul qilinmaydi
Bir necha soat oldin hamyurtimiz Oston O'runovga Germaniyadan taklif bo'lgani haqida xabar qilgandik.
«Gerta» O'runovni «Spartak»dan 5 million evroga sotib olmoqchi
Moskvaning "Spartak" klubi O'runov uchun qancha mablag' xohlayotgani malum bo'ldi. "Qizil-oqlar" yarim himoyachining transferidan 15 mln evro ishlab olishni maqsad qilishgan. SHu tufayli "Gerta"ning taklifini rad qiladi. Berlin klubi 19 yoshli o'zbekistonlik futbolchi uchun 5 mln evro taklif qilgan.
Klub O. O'runovga "Spartak"da o'zini yorqin namoyish qilishi uchun imkoniyat taqdim qiladi va uning transfer qiymati ko'tarilgach, o'yinchini sotib yuboradi.
Eslatib o'tamiz, O'runov moskvaliklar tarkibiga 5 avgust kuni "Ufa"dan kelib qo'shildi. Yarim himoyachi RPLda 10 ta uchrashuv o'tkazishga ulgurgan.
O’xshash yangiliklar
07:26
JCH-2026 saralash. Mundial yo'llanmasini hal qilgan terma jamoamiz bugun Qatarni mehmon qiladi 8
21:27
O'rtoqlik uchrashuvi. U23 O'zbekiston terma jamoasi Qirg'iz Respublikasini mag'lubiyatga uchratdi 1
20:37
O'zbekiston terma jamoasining Qatar bilan bellashuvdan oldingi rasmiy mashg'ulotidan GALEREYA 19

Fikrlar