So’nggi yangiliklar

03:31Франция кубоги. ПСЖ "Реймс"ни йирик ҳисобда мағлуб этиб, бош совринга эга чиқди  3 03:02Германия кубоги. "Штутгарт" финалда учинчи лига жамоаси бўлмиш "Арминия"ни мағлуб этиб, Германия кубогини қўлга киритди - 4:2. Мийо дублга эришди  3 00:21Райан Гравенберх АПЛнинг энг яхши ёш футболчиси деб топилди  1 23:50Элдор Мойлиев: "Иккинчи дақиқадаёқ қизил карточка билан жазоландик ва режамиз ўзгариб кетди"  0 23:17Эрон кубоги. "Истиқлол" "Санат Нафт"ни мағлуб этиб, финалга чиқди, Машарипов захирада қолдирилди  4 23:09Виталий Левченко: "Жокич ва Йовович касал. Кўплаб позицион ҳужумлар уюштирдик"  6 23:02Суперлига. "Сўғдиёна" ва "Бухоро" муроса кўчасини танлади  29 22:45Та "Бавария" билан шартнома имзолайди. "Байер" ҳимоячини компенсация эвазига КЖЧга қўйиб юбориш таклифини кутмоқда  0 22:30ОПЛ. "Сабаҳ" ўз уйида ғалабага эришди, Раҳмоналиев захирадан ўйинга қўшилди  0 22:25CAFA U-17 Championship 2025. Ўзбекистон бир киши кам бўлиб Қирғиз Республикасини йирик ҳисобда мағлуб этди  6 22:00"Краснодар" ўз тарихида илк бор Россия чемпиони бўлди  4 21:21Аморим Гарначога янги жамоа қидиришни айтди. Футболчи Европа лигаси финалидан кейин МЮ устозидан норози бўлганди  12 21:10Ла Лига. "Реал" сўнгги ўйинда Мбаппенинг дубли эвазига "Реал Сосьедад"ни мағлуб этди, "қироллик клуби" мавсумни иккинчи ўрин билан якунлади  32 20:59Суперлига. "Нефтчи" ўз майдонида бир киши кам "Шўртан"ни йирик ҳисобда енгди  30 20:38РПЛ. Файзуллаев захирадан тушиб ассист қайд этган ўйинда ЦСКА ғалабага эришди, Ашурматов "Рубин" ғалаба қозонган ўйинда захирадан ўйинга қўшилди, "Акрон" эса...  16

"Spartak" Moskva taklifini rad etgan, "Paxtakor" tarkibida ko'plab uchrashuvlarda maydonga tushgan Yorqin Nazarovni tabriklaymiz Yangiliklar

"Spartak" Moskva taklifini rad etgan, "Paxtakor" tarkibida ko'plab uchrashuvlarda maydonga tushgan Yorqin Nazarovni tabriklaymiz

Bugun barcha o'zbekistonlik muxlislarga yaxshi tanish bo'lgan, o'z vaqtida "Paxtakor" jamoasi tarkibida ajoyib o'yinlarni o'tkazgan Yorqin Nazarov tavallud kunini nishonlamoqda. Qahramonimiz 46 yoshga to'ldi.

Yorqin Nazarovning futbolga kirib kelishi ko'pchilik qatori "Paxtakor" jamoasidan boshlangan. Bu haqda uning o'zi quyidagicha xotirlaydi.

- Yorqin aka, keling, endi o'zingizning yoshligingiz haqida ham gaplashsak. Sizning oilangizga nisbatan Nazarovlar sulolasi deb murojaat qilsak bo'ladi. Ukangiz Dilmurod Nazarov ham ko'p yillar davomida «Paxtakor»da muvaffaqiyatli to'p surgan. Adashmasam, sizning futboldagi ilk qadamlaringiz ham «Paxtakor» jamoasida qo'yil­gan. SHunday emasmi?

- Haqiqatan ham, oilaviy muhit tasirida futbolni tanlaganman. Siz aytgandek, «Paxtakor» klubida futboldagi ilk qadamlar tashlangan. Birinchi murabbiyim Vladimir Bondarenko bo'lgan. SHu insondan millionlar o'yinining ilk sir-asrorlarini o'rganganman. Bondarenko qo'l ostida o'ynagan futbolchilardan besh nafari, xususan men ham sobiq ittifoq o'smirlar (U-16) terma jamoasi tarkibida Evropa chempionatida ishtirok etganmiz. Valeriy Kechinov, Andrey Yarovoy, Oleg SHackix, Pavel Bugalo va menga ushbu baxt nasib etgan. Ushbu musobaqadan keyin bizni «Paxtakor»­ning asosiy jamoasiga olishgan. Klub bilan rasman shartnoma imzolaganmiz.

- «Paxtakor»dek shonli jamoa libosida maydonga tushish baxti sizga ham nasib etgan va bu kunlarni unutmasangiz kerak?

- Aslo. Futbolchilik faoliyatimdagi eng yorqin damlar aynan «Paxtakor»da o'tgan. Sakkiz yil davomida barcha bolalar o'ynashni orzu qiladigan klub tarkibida to'p tepish nasib etdi. SHu vaqt mobaynida ikki karra O'zbekiston chempioni, shuncha marotaba mamlakat kubogi sohibi bo'ldim. Terma jamoaga chaqirildim. Mashhur futbolchilar bilan elkama-elka o'ynadim. Albatta, bundan juda ham xursandman.

- Futbolchilik davringizni sarhisob qilib, undan ko'nglingiz to'lganmi? Yoki hozir o'ylab ko'rib, mana bu qarorim noto'g'ri bo'lgan ekan, degan fikrga kelyapsizmi?

- Endi futboldan ketganingizdan keyin qandaydir bir ko'ngil to'lmaslik holatlari bo'lar ekan. Hamma futbolchida ham shunday holat bo'lsa kerak. Birinchi navbatda yana bir-ikki yil o'ynasam bo'larkan, hali kuchim bor ekan, degan fikr keladi. Agar imkoniyat berilganida, o'sha paytda qabul qilgan ayrim qarorlarimni o'zgartirgan bo'lardim. «Paxta-kor»da o'ynab yurgan paytlarim eng kuchga to'lgan davrlarim bo'lgan. O'shanda Moskvaning «Spartak» klubidan taklif tushgandi. Afsuski, o'sha paytda bu chorlovga rad javobini berib, O'zbekistonda qolganman. SHu narsa menga armon bo'lib qolgan. Do'stim Valeriy Kechinov esa «Spartak»ga o'tib ketgandi. Yodingizda bo'lsa, «Spartak» o'shanda qatorasiga besh marotaba Rossiya chempioni bo'lgandi. Mashhur mutaxassis Oleg Ivanovich Romancevning o'zi bizni taklif qilgandi. Dmitriy Parfenov va Andrey Kolivanov bilan sobiq ittifoq o'smirlar terma jamoasida birga o'ynaganmiz. Bu futbolchilar ham «Spartak»ka o'tishgandi. Hozirgacha Moskva klubiga o'tmaganimni armon bilan eslayman.

- Milliy terma jamoa tarkibida o'tkazgan o'yinlaringiz haqida nima deya olasiz?

- Asosan O'zbekiston yoshlar va olimpiya terma jamoalarida o'ynadim. Milliy terma jamoada esa JCH-98 saralash o'yinlarida maydonga tushdim. O'shanda mundialning final bosqichiga chiqish uchun yaxshi imkoniyatga ega bo'lgandik. JCH saralash o'yinlarida ilk marotaba qatnashishimiz edi. SHunga qaramay, yomon natija qayd etmaganmiz, deb o'ylayman. Milliy terma jamoa libosida maydonga tushish har bir futbolchi uchun baxt hisoblanadi. Menga ham shunday baxt nasib etganidan xursandman.

Murabbiy sifatida faoliyatini "Bunyodkor" akademiyasida boshlagan Yorqin Nazarov bir qator yosh futbolchilarga ustozlik qildi. Hususan Otabek G'ulomxo'jaev bilan birgalikda 2000 yilda tug'ilgan futbolchilar bilan ko'plab xalqaro turnirlarda g'olib chiqishdi. SHuningdek malum vaqt "SHo'rtan" jamoasida ham faoliyat olib bordi.  Hozirda "Bunyodkor-2" jamoasida murabbiylik faoliyatini davom ettirmoqda. 

Saytimiz xodimlari nomidan Yorqin Nazarovning tug'ilgan kuni bilan tabriklaymiz. Sog'lik va salomatlik, omad, zafarlar tilab qolamiz!

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика