"Spartak" (Moskva) Donald Trampni troll qildi
16 noy 2020 21:07
Yangiliklar


"Spartak" (Moskva) Donald Trampni troll qildi
"Spartak" matbuot xizmati AQSH prezidenti Donald Trampning tvitiga hazil tariqasida munosabat bildirdi.
Navbatdagi prezidentlik saylovlarida 235 ovoz bilan 290 ta ovoz to'plagan Jo Baydenga imkoniyatni boy bergan Tramp Twitter'ga shunday yozgan edi: "Saylovda men g'olib bo'ldim!"
"Spartak"ning rasmiy sahifasi esa unga javob qaytardi: "Biz 2017 yil "Enfild"da "Liverpul"ni mag'lub qilganmiz!" Eslatib o'tamiz, o'shanda moskvaliklar ingliz klubiga 0:7 hisobida yutqazgan edi.
SHuningdek, Angliya terma jamoasining sobiq hujumchisi Gari Lineker ham Trampning so'zlariga munosabat bildirdi: "Men jahon chempionatida g'olib bo'ldim".
O’xshash yangiliklar

Fikrlar