"Spartak" matbuot xodimi RPLda O'runovning qaydnomasi haqida: "Liga saytining texnik xatosi"
09 avg 2021 10:01
Yangiliklar


"Spartak" matbuot xodimi RPLda O'runovning qaydnomasi haqida: "Liga saytining texnik xatosi"
"Spartak" matbuot xodimi Yaroslav Kulemin o'zbekistonlik yarim himoyachi O'runovning RPL rasmiy saytida joriy mavsum uchun qaydnomadan o'tganligiga munosabat bildirdi.
"O'runov MFY (Milliy futbol ligasi) ro'yxatida, u asosiy jamoada o'ynay olmaydi.
U nima uchun asosiy jamoaning qaydnomasiga qo'shilgan? RPL saytining texnik xatosi", - deydi Kulemin.
"Spartak"da ayni damda 9 xorijlik o'yinchi liga saytida qaydnomaga qo'shilgan: O'runov, Esekiel Ponse, Ayrton, Samyuel Jigo, Aleks Kral, Yordan Larsson, Viktor Mozes, Kvinsi Promes va Yorrit Xendriks.
Legionerlar limitiga ko'ra, klublar 8 nafardan ko'p bo'lmagan xorijliklarni qaydnomaga kiritishlari mumkin.
→ Oston O'runov "Spartak"ning yangi mavsum uchun qaydnomasiga kiritildi
O’xshash yangiliklar

Fikrlar