"Spartak" - CSKA uchrashuvidan so'ng Goncharenko Tedeskoning qo'lini siqib qo'ymadi
05 mar 2020 13:41
Yangiliklar


"Spartak" - CSKA uchrashuvidan so'ng Goncharenko Tedeskoning qo'lini siqib qo'ymadi
Kecha, 4 mart kuni Rossiya Kubogi chorak finali bosqichi doirasida "Spartak" o'z stadionida CSKAni qabul qildi.
Bahsning asosiy vaqtida 2:2 hisobi qayd etildi. "Spartak" ekstra taymda gol urib, keyingi bosqich masalasini ijobiy hal qildi.
Murosasiz kechgan uchrashuvdan so'ng hissiyotlarini "jilovlab" turgan CSKA ustozi Viktor Goncharenko raqib murabbiyining qo'lini siqib qo'yishni istamadi. Biroq "Spartak" bosh murabbiyi buni o'z uslubida amalga oshirib, raqibning jig'iga tegishga erishdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar