SSKA mag'lubiyatdan qutilib qoldi, Fayzullayev zaxiradan maydonga tushdi

Aslanov Jasurbek
20 may 2025, 00:44
RPLning 29-turidan o'rin olgan "Lokomotiv" - SSKA bahsi yakuniga etdi.

Bahs mezbonlarning tezkor goli bilan boshlandi. 10 daqiqada Vorobyov hisobni ochdi. SSKA ustozi vaziyatni tezroq o'nglash uchun birinchi bo'limning yarmidayoq Abbos Fayzullayevni maydonga tushirdi. Biroq kutilmaganda Fayzullayev "temiryo'lchilar"ning ikkinchi golidan qo'pol xatoga yo'l qo'ydi va "Lokomotiv" futbolchisi bundan foydalanib, hisobni 2:0 ko'rinishiga keltirdi.

Shunga qaramay "armiyachilar" o'ziga kela olishdi va 47 hamda 80 daqiqalardagi gollar evaziga mag'lubiyatdan qutilib qolishdi.


O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia