Spalletti: "Inter"ga maosh olish uchun emas, g'alaba qozonish maqsadida kelganman"
22 okt 2018 11:07
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/459152_original.jpg)
![](/upload/storage/459152_220.jpg)
Spalletti: "Inter"ga maosh olish uchun emas, g'alaba qozonish maqsadida kelganman"
"Inter" bosh murabbiyi Luchano Spalletti A Seriyaning 9-turida "Milan" ustidan qozonilgan g'alaba haqida fikr bildirdi.
"Biz golni oldinroq urmoqchi edik. Buni uddalaganimizda, hammasi ideal bo'lardi. "Inter" g'alabaga munosibligi ko'rinib turdi. Maqtovlarga loyiqmiz, chunki raqibdan yaxshiroq o'yin ko'rsatdik.
"Inter"ga murabbiylar o'rindig'ida o'tirib, maosh olish uchun emas, g'alaba qozonish maqsadida kelganman. Jamoaning kelajagini qurish uchun bu erdaman.
Final xushtagidan so'ng Ikardining barqarorroq bo'lishimiz kerakligi borasida aytgan gaplari yoqdi. "Inter" avvalgi darajasiga qaytish uchun bizlarni tanladi. Vazifamiz - klub bizni tanlab, adashmaganini isbotlash" - deydi Spalletti.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar