Spalletti: "Inter" xarakter ko'rsatdi"

Tolibjon Qosimov
7 noya 2018, 15:20
"Inter" bosh murabbiyi Luchano Spalletti YCHL 4-turi doirasida "Barselona"ga qarshi o'tkazilgan bahs (1:1)dan so'ng fikr bildirdi.

"Barselona"ga qarshi o'ynash har doim og'ir, lekin biz o'zimizni ko'rsata oldik. "Inter" xarakter ko'rsatdi va javob golga haqli edi. Tan olish kerak, "Barselona" hozir bizdan kuchliroq va durang uchun mexnat qilishimizga to'g'ri keldi", - deya Spallettining so'zlarini keltirdi "AFP".

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: AFP