Spalletti - "Bavariya"ning yirik hisobda mag'lub etilishi haqida: "Futbolchilarim meni tushuna boshlashdi"
01 avg 2021 11:57
Yangiliklar
Spalletti - "Bavariya"ning yirik hisobda mag'lub etilishi haqida: "Futbolchilarim meni tushuna boshlashdi"
"Napoli" bosh murabbiyi Luchano Spalletti "Bavariya"ga qarshi o'rtoqlik o'yinida yirik hisobdagi g'alabadan keyingi fikrlarini bildirdi.
"Bugungi o'yindan ko'nglim to'ldi. Biz to'g'ri yo'ldamiz. Asosiysi - bugungi o'yinda yuklamalarni qabul qila oldik. Bugun o'zimizni tartibli jamoa ekanligimizni ko'rsatishimiz kerak edi va buni uddaladik, deb o'ylayman.
Gollar bizga o'zimizga bo'lgan ishonchni oshirib yubordi. Biroq oldinda qilinishi kerak bo'lgan ishlar juda ko'p. Uzoq yo'l hali boshlanmadi. Bunga tayyorlanish kerak. Ammo futbolchilar meni tushuna boshlashdi deb ayta olaman", - dedi Spalletti.
Fikrlar