Spaletti "Napoli"ni tark etadi. De Laurentis buni tasdiqladi: “U dam olmoqchi edi. Qanday qilib men unga rad javobini berishim mumkin?"
29 may 2023 10:05
Yangiliklar
Spaletti "Napoli"ni tark etadi. De Laurentis buni tasdiqladi: “U dam olmoqchi edi. Qanday qilib men unga rad javobini berishim mumkin?"
"Napoli" rahbari De Laurentis jamoa bosh murabbiyi Luchano Spalletti mavsum yakunidan so'ng neapoliklar bilan xayrlashishini elon qildi.
"U - erkin inson. Agar kimdir sizga ishdan bir yil tanaffus qilmoqchi ekanligini aytsa, uni qo'yib yuborishingiz to'g'ri bo'ladi. Spalettining biz bilan yana bir yillik shartnomasi bor, biroq u bizni chempion qilganidan so'ng qanday qilib men yo'q degan javobni berishim mumkin. U oldimga keldi va bor kuchini berganini aytdi. Men undan minnatdorman",-dedi "Napoli" prezidenti.
Eslatib o'tamiz, joriy mavsumda Luchano Spalletti boshchiligidagi “Napoli” 33 yillik tanaffusdan so'ng ilk bor Italiya chempioniga aylandi.
Fikrlar