So’nggi yangiliklar

13:15"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи  8 12:31Мбаппе Роналдуга мурожаат қилди: "У менинг дўстим ва кумирим"  2 12:00TVCOM'да бугунги тақвим: "Атлетико", "Барса" МЮ ва бошқалар  0 11:54"Ливерпуль” "Барселона"нинг собиқ ҳимоячисига қизиқмоқда  0 11:25Криштиану Роналду "Форсаж 11"да  8 10:53"Хоразм" футболчиси ОКМКни танлади  0 10:21Колумбия терма жамоаси юлдузи: "Биз ЖЧни интиқлик билан кутмоқдамиз"  3 09:55Гвардиола кечаги ғалабадан сўнг нималар деди?  1 09:28"Локомотив" собиқ ҳужумчисини ортга қайтармоқчи  2 09:002025 йилнинг энг яхши 100 нафар футболчиси эълон қилинди. Месси ва Роналду ТОП-30дан жой олишмади  16 08:30Килиан Мбаппе "Реал Мадрид" тарихидаги Криштиану Роналдунинг рекордини такрорлади  4 08:02ФИФА "Ал Насср" клубига трансфер тақиқи қўйди  1 07:39Sofascore. Ҳусанов кечаги учрашувдаги ҳаракатлари неча баҳога лойиқ кўрилди?  7 04:29Франция кубоги. ПСЖ "Фонтене"ни йирик ҳисобда мағлуб этди ва кейинги босқичга йўл олди  0 04:27Ла Лига. "Реал" ўз уйида "Севилья"ни таслим этди  24

Soyada qolgan "qahramon" Yangiliklar

Soyada qolgan "qahramon"

A Seriya deganda ko'pchilik muxlislar "Yuventus", "Inter", "Milan", "Napoli" "Roma" va SHomurodovni yodga oladi.

Aksariyat yurtdoshlarimiz aynan shu jamoalar o'yinlarini kuzatib boradi va muxlislik qiladi. 

Ortda qolgan dam olish kunlarida ham tomoshabinlar "CHelsi"dan ettita, "Bavariya"dan to'rtta gol, "El Klasiko", "Manchester Yunayted" - "Liverpul"dan ortishmadi. 

Biroq shonli tarixga ega A Seriyaning boshqa jamoalari, soyada qolib ketayotgan qahramonlari ham etiborga loyiq. SHundaylardan biri "Verona" va Simeone. Jamoa chempionatning qatorasiga olti uchrashuvida kamida 2 tadan gol urmoqda. Bunaqasi 2013 yildan buyon bo'lmagandi.

Bu turda Igor Tudor boshchiligidagi jamoa stabillik etishmayotgan "Lacio"ni engdi – rimliklar "Inter" ustidan (3:1) g'alaba qozongach, "Markantonio Bentegodi" o'yingohida 1:4 hisobida mag'lubiyatga uchradi.

To'rtta golni hammasini Jovanni Simeone urdi. Bungacha faoliyatining etti yilida u faqat bir marta xet-trik qayd etgandi – 2018 yil "Napoli" bilan o'yinda. Qizig'i, o'shanda ham raqib ("Napoli")ni Mauricio Sarri bosh murabbiyi edi.

Simeonening aytishicha, Valter Dzenga faoliyatidagi eng muhim o'ringa ega murabbiylardan biri. "Men doim ko'p yugurardim, juda ko'p. Dzenga men raqiblarni yugurib o'tib, ortda qoldirishga urinishim emas – ulardan oldinda bo'lib, to'pni kutishim zarurligini tushuntirdi. To'g'risini aytsam, o'sha paytlarda u mendan nima xohlayotganini, qanday harakat qilishim kerakligini tushunmasdim. Dzenga menga quvvatimni to'g'ri taqsimlashni, maydon bo'ylab to'g'ri harakatlanishni, oyoqlarimdagi kuchdan unumli foydalanishni o'rgatdi. Asosiysi – son emas, sifat. Otam ham doim shuni aytardi. U menga "Atletiko" mashg'ulotlari videolarini jo'natardi va uning hujumlari qanday harakat qilayotganini ko'rardim. Natijada o'zim uchun xulosa chiqardim.

Diego Kosta va Morata "Atletiko" safida o'ynagan davrda doim to'g'ri yo'nalishda yugurardi – maydon markazidan to'g'ri jarima maydonchasiga. Ular qanotlarga ketib qolmasdi, qanot himoyachilariga pressing uyushtirmasdi – faqat markaziy himoyachilarga bosim. Ular kuchlarini tejardi".

Boshqa muhim pallalar – o'yinlarga tayyorgarlik ko'rish va meditaciya

"Men o'yinlarimni tahlil qilaman, xatolarim ustida ishlab, ularni takrorlamaslikka harakat qilaman. Raqib o'yinlarini ko'raman, himoyachilar qanday harakat qilishi va ularning alohida jihatlarini yon daftarimga yozib olaman. Har bir o'yin uchun yangi usul, qarorlar topishga urinaman. Jamoamizning darvozabonlar murabbiyi bilan muntazam ravishda suhbatlashaman – u raqiblarning zaif tomonlari haqida maslahatlar beradi. Albatta, men doim misterning ko'rsatmalarini to'liq bajarishga harakat qilaman, biroq shu bilan birga ularga qo'shimchalar qilishga harakat qilaman.

Har kuni meditaciyaga murojaat qilaman. Bu o'zimni bo'sh qo'yishga va diqqatni jamlashga yordam beradi. O'yinlar vaqtida xatolarni o'ylab o'tirmayman, diqqatimni jamlab, keyingi vaziyatga etibor qaratishga intilaman.


Nozima Zaripova tayyorladi

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика