So’nggi yangiliklar

21:40CAFA Nations Cup. Туркманистон – Ўзбекистон 1:2  4 21:30CAFA Nations Cup. Бир киши кам бўлиб қолган Ўзбекистон Туркманистонни кичик ҳисобда мағлуб этди  235 20:55Қирғизистон бош мураббийи: "Ғалабамизни ўғирлашди"  3 20:33Топ лигалардан клуб топа олмаган Лукман Туркияга йўл олиши мумкин  0 19:50Расман: "Барселона" ҳимоячиси "Эльче"га ўтди  0 19:19"Байер" "Ал Қодисия" ярим ҳимоячисини 25 млн еврога сотиб олди  0 18:48CAFA Nations Cup. Кейруш бошчилигидаги Ўмон охирги дақиқаларда гол уриб, Қирғизистонни ютиб кетди  37 18:33Ўзбекистон - Туркманистон. Асосий таркибимиз маълум  27 18:33"Қайрат" – "Реал" учрашувига 4-5 минг сайёҳ келиши кутилмоқда  2 18:05"Қайрат"нинг Чемпионлар Лигасидаги ўйинлари Остонада ўтказилиши режалаштирилмаган  1 17:38"Астон Вилла" "Ливерпуль" хавбеки билан шартнома имзолади  7 17:10"Бавария" "Челси" ҳужумчисини ижарага олди  6 16:41"Комо" Деле Алли билан шартномани бекор қилди  1 16:14"Челси" Буонанотте трансферини расмийлаштирди  4 15:23"Ал Насср" Ал Нассирни сотиб олди  4

Sovrin kerakmi? Muammosiz! Yoxud "Myuller qoidasi" nima? Yangiliklar

Sovrin kerakmi? Muammosiz! Yoxud "Myuller qoidasi" nima?

Germaniya terma jamoasi va "Bavariya" futbolchisi Tomas Myuller haqida g'alati, lekin qiziq fakt bilan tanishing.


Tomas Myuller haqida gap ketganda, avvalo uning o'yin uslubi aslida qanday ekanligi barchaga savol uyg'otadi. Lekin hech bir mutaassis yoki murabbiy uning o'yin uslubi haqida aniq bir to'xtamga kela olmaydi.

Noodatiy harakatlar, kutilmagan qarorlar, g'alati tryuklarning barchasi Tomas Myullerning o'yinida mujassam.

Bu uning eng yaxshi va foydali ishlarining hammasi emas. Tomas Myullerning eng katta yutug'i bu uning jamoaga ishlashi, har qanday vaziyatda foyda keltira olishi, foydali ish koefficient yuqoriligi.

Myuller haqida ko'p va xo'p gapirish mumkin. Biz hozir uning o'yini haqida atroflicha to'xtalmoqchi emasmiz.

Tomas Myuller haqida shunchaki faktlarni keltiramiz xolos. Qolganiga o'zingiz baho beraverasiz.

Nega unday sarlavha qo'yilganiga ushbu suratlarda keltirilgan faktlar javob bergani maqul.

Demak "Myuller qoidasi" bilan tanishamiz.



Yoaxim Lyov bu safar "Myuller qoidasi"ga amal qilishiga shubha yo'q. Evropa chempionatida Myuller gol urmadi, gol urolmayapti, deyayotganlarga ushbu statistik fakt ham javob bersa ajab emas. "Myuller qoidasi"ga ko'ra, Tomas gol urishi shart emas, uning maydondagi ishtirok jamoasi uchun muhim ahamiyat kasb etadi.
Qiziq, g'alati, lekin bu fakt!
Tomas Myullerning asosiy ishi gol urish emas, jamoaga foyda keltirish. Bu haqida Myullerning o'zi ham bot-bot gapirib keladi.


SHahboz Beg'amov

Reyting: +25   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика