So’nggi yangiliklar

01:15Расман: Азизбек Амонов "Бухоро" футболчисига айланди  0 01:04Равшан Ҳайдаров: "Йигитларда иштиёқ катта эди. Мухлислар қўллови билан ғалабага эришдик"  0 00:57Нодирбек Абдураззоқов: "Японияга қарши ўйинда ғалаба учун майдонга тушамиз. Голимни Ислом Тўхтахўжаевга бағишлайман"  1 00:45"Ювентус" Консейсауни "Порту"дан тўлиқ сотиб олди  0 00:17Рэшфорд "Барса" билан шартнома имзолади (Фабрицио Романо)  1 23:55"Андижон" назорат ўйинида камбэк эвазига ғалаба қозонди  1 23:24Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ЦСКАга қарши баҳс олиб боради  1 22:59"Ливерпуль" тўхтамоқчи эмас. Клуб Франция чемпионатидан вингер сотиб олмоқчи  0 22:35U-23. Ўзбекистон – Саудия Арабистони 3:1  3 22:25Мираброр Усмонов Кубоги-2025. Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Саудия Арабистонига ҳеч қандай имконият қолдирмади  24 21:41Мюллер фаолиятини МЛСда давом эттиради  3 20:59Родриго "Реал"да қолмоқчи. Футболчи Алонсонинг фикрини ўзгартириш ниятида  5 20:21"Кристал Пэлас" Европа Лигасида четлаштирилиши бўйича спорт арбитраж судига апелляция берди  0 19:51Хави Симонс "Челси"га ўтишга рози  1 19:27Де Хеа: "Манчестер Юнайтед"да ўтказган йилларим учун Англиядан тушган таклифларни рад этдим"  2

"Sovetskiy sport": "Eron va Janubiy Koreyani mag'lub et va JCHga yo'llanma ol" Yangiliklar

"Sovetskiy sport": "Eron va Janubiy Koreyani mag'lub et va JCHga yo'llanma ol"

Teglar :  O'zbekiston MTJ
Rossiyaning "Sovetskiy sport" nashri Rossiyadagi mundialga Sobiq Ittifoq mamlakatlarining qaysi birlari chiqish imkoniyati ega ekanligini tahlil qildi.

Unga ko'ra Osiyo qitasidan faqat O'zbekistonda imkoniyat borligi aytilgan:

Jahon chempionatiga chiqish uchun ushbu qitada uchta bosqichdan o'tish kerak. Sobiq Ittifoq mamlakatlaridan Qirg'iziston, Tojikiston va Turkmaniston ikkinchi bosqichda to'xtashdi. O'zbekiston ayni paytda uchinchi bosqichda Eron, Janubiy Koreya, Suriya, Qatar va Xitoy bilan bir guruhdan o'rin olgan.

Saralash tugashiga uchta tur qolganida O'zbekiston Janubiy Koreyadan bir, Erondan – besh ochkoga ortda qolmoqda. JCH-2018ga ikki terma jamoa to'g'ridan-to'g'ri yo'llanma oladi. Uchinchi o'rin sohibi narigi guruhdagi uchinchi jamoa bilan to'qnash keladi. Bu katta ehtimol bilan Avstraliya bo'ladi. Yaponiya va Saudiya Arabistoni dastlabki ikki o'rinni olishi deyarli aniq. Pley-off g'olibi JCH-2018 yo'llanmasi uchun KONKAKAF mintaqasi vakili bilan o'ynaydi.

Hozircha barchasi O'zbekistonning o'z qo'lida – oxirgi uchta o'yinning ikkitasi asosiy raqobatchilari bo'lgan Eron va Janubiy Koreyaga qarshi. Ularni mag'lub et va sen Jahon chempionatidasan, - deb yozadi "Sovetskiy Sport" nashri.


Reyting: +79   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика