"Sosedad"ning asosiy futbolchisi MYU bilan o'yinda qatnashmasligi mumkin
13 fev 2021 00:30
Yangiliklar


"Sosedad"ning asosiy futbolchisi MYU bilan o'yinda qatnashmasligi mumkin
"Real Sosedad" vingeri Mikel Oyarsabal mashg'ulotlarda oyog'ining son qismi mushaklaridan jarohat oldi.
23 yoshli futbolchi shu boisdan LaLiga doirasida "Xetafe" va Evropa ligasida "Manchester Yunayted"ga qarshi o'yinlarni o'tkazib yuborishi mumkin.
"Marca"ning yozishicha, xavbekning safga qaytishi uchun 2-3 hafta kerak bo'ladi.
Oyarsabal ushbu mavsumda LaLiganing 17 o'yinida 10 gol va 4 assist qayd etdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar