So'rovnoma. O'zbekiston yoshlar termasining ishtirokidan qoniqdingizmi?
15 iyu 2015 11:24
Yangiliklar
So'rovnoma. O'zbekiston yoshlar termasining ishtirokidan qoniqdingizmi?
Kecha O'zbekiston yoshlar terma jamoasi Yangi Zelandiyada davom etayotgan mundialning chorak finalida Senegalga yutqazib qo'yib musobaqani tark etdi.
Ravshan Haydarov shogirdlari guruh bosqichida 3ta o'yinning 1tasida g'alaba qozonishdi (Fiji ustidan 3:0) va 2 bor mag'lub bo'lishdi (Gondurasdan 3:4 va Germaniyadan 0:3). Nimchorak finalda esa yoshlarimiz Avstriya to'sig'idan muvaffaqiyatli o'tishdi (2:0).
Nihoyat chorak finalda Senegalga 0:1 hisobida imkoniyat boy berildi. Xuddi 2013 yilda Turkiyada bo'lgan mundial kabi bu safar ham yoshlarimiz chorak finalda to'xtashdi.
Siz O'zbekiston yoshlar termasining ishtirokidan qoniqdingizmi? Qaysi futbolchilarni alohida ajratib ko'rsata olasiz, yarim finalga chiqish uchun nima etmadi? Bu boradagi fikrlaringiz bilan quyida o'rtoqlashing. Bundan tashqari saytimizning "Kun mavzusi" bo'limi tagida joylashgan so'rovnomada ishtirok eting.

Fikrlar