So'rovnoma: Bugun ham kambek bo'ladimi?

Aslanov Jasurbek
11 apr 2018, 15:18
10 aprel kuni Chempionlar ligasi chorak final javob o'yinlari doirasida "Roma" - "Barselona" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Ushbu bosqichning birinchi o'yinida 4:1 hisobida g'alaba qozongan Kataloniya klubi javob bahsida 0:3 hisobida mag'lub bo'lib, turnirni tark etdi. Bugun esa "Bavariya" - "Sevilya", "Real" - "Yuventus" uchrashuvlari o'tkaziladi. "Sevilya" birinchi bahsda 1:2 hisobida nemislarga imkoniyatni boy bergan edi, "Yuventus" esa yirik - 0:3 hisobida mag'lubiyatga uchradi. Chempionlar ligasining bugungi o'yinlarida ham kechagidek kambek bo'lishiga ishonasizmi? So'rovnomada ishtirok etish uchun quyidagi havolaga o'ting: SO'ROVNOMA


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.asia